97. prezident I.A.Karimovmustaqil O’zb.ning asoschisi va yetakchisi
1991-yil 29-dekabrdagi Prezident saylovi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. O’zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik shakh mazkur tizim o’zagini lashkil etdi. 1991-yil oxirida O’zbekiston hayotida tom ma'noda ulkan tarixiy voqea sodir bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi sakkizinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to’g'risida» gi Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikki nomzod - O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan lslom Abdug’aniyevich Karimov hamda «Erk» Demokratik partiyasidan Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo’yildi. Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat'iy amal qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida o’tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, saylovlarning o’tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya Malayziya va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan e'tirof etildi. Savlovlar yakuniga ko’ra, 8,5 milliondan ortiq kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1,2 muhon saylovclu (12,3 foiz) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko’rib chiqib, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari to’g’risida»gi Qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug’aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. 1992-yil 4-yanvarda O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagicha qasamyod qildi: «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalami vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Prezident saylovi natijalari o’zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yutuqlari I.A.Karimovning shaxsi, dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligining yaqqol dalili edi (5-ilova). 1995-yil 26-martdagi umumxalq referendumi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasini, davlatimizning xalqaro maydondagi obro’ e'tiborini, jahon taraqqiyotiga qo’shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham, xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan oldilar. Tarixan g’oyat qisqa muddatda qo’lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va butun ko’lami bilan bir necha o’n yilliklarga teng. Zotan, qisqa fursatda jamiyatni tubdan o’zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish turmushimizga demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Ana shu keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 26-martda Prezident I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1995-yil 26-martda o’tkazilgan umumxalq referendumida O’zbekiston xalqi mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning vakolatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. O’tish davridagi murakkab, ziddiyatli, keng nuqyosh ojn bir paytda davlat boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlangan og’ir va va xayrli ishlami bir me'yorda olib borish va oxiriga yetkazish jamiyat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho’zish yuzasidan umumxalq to’g’risida qabul qilgan qarori va shu qaror asosida 1995-yil 26-martda o tkaziigan umurnxalq referendumi katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |