O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi
Download 1.01 Mb.
|
103. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O‘zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko‘pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo‘ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy ham faxriy a’zolikka saylandilar. O‘zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta’sis etdi. 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi bo‘ldi. Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992 yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G‘.G‘. Umarov K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika Xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U mazkur Xalqaro Akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimidir. Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar, 1993 yilda Iordaniya Islom Fanlar Akademiyasi a’zoligiga, M.S. Salohiddinov, YUNESKO Informatsiya Xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994 yil oktyabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995 yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga Z.S.Salimov, A.A. A’zamxo‘jayev, 1997 yil oktyabrida U. Tojixonov va Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandilar. Amerika biografiya instituti O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan biri Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga asoslanib “2001 yil insoni” unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar Kengashi a’zoligiga saylandi. Bular O‘zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, XXI asrda quroli, qo‘shini bo‘lgan davlatgina emas balki turli sohalar bo‘yicha kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur farzandlari bilan buyukdir. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta’minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g‘amxo‘rligida bo‘ldi. 2001 yilning davlat byudjetidan madaniyat va san’at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so‘m (bu ko‘rsatkich 2000 yili 9 mlrd. 463 mln. so‘mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993 yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab, “Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qal’asiga aylanadi”,-degan edi. Xulosa, O‘zbekiston o‘zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda; mafkuraviy-ma’naviy, madaniy ishlarga ham e’tiborni kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o‘z nufuzi va obro‘sini yuqori ko‘tarmoqda. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling