O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko’rsatishidan bosh maqsad -


Download 1.01 Mb.
bet269/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   287
Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko’rsatishidan bosh maqsad - ko’p ukladli iqtisodiyotga, miiliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga hissa qo’shishdir. Ushbu bosh maqsadni ro’yobga chiqarish uchun hozirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlang’ich hududiy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda 14 ta viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko’rsatyapti. 1999-yil 5- va 19-dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar milIiy demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. 2000-yil 9-yanvar kuni bo’lib o’tgan Prezidentlikka saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko’rsatildi. Xalqaro miqyosda umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarga to’hq rioya qilingan holda xorijiy va Mahalliy kuzatuvchilarning nazorati ostida odilona tarzda, muqobillik asosida o’tkazilgan mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi respublika tarixi muhim voqeadir. 2000-yil 14-aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasining qo’shma qurultoyi bo’ldi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdil muhokama qilindi va ular birlashib ishlash maqsadga muvofiq degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan taraqqiyoti yo’lida xizmat qilishga qaror qilindi. Birlashgan partiyaning nomi «Fidokorlar» Milliy demokratik partiyasi deb ataldi. Partiyalar Oliy Majlisdagi fraksiyalarini ham birlashtirdilar. Natijada FMDPning Oliy Majlisdagi fraksiyasi a'zolari soni 54 taga yetdi. Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (LDP) 2003-yil 15-noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Qurultoyda uning Nizomi va dasturi qabul qilinib, Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 3-dekabrda ro’yxatga olindi. LDP mamlakatimizda davlat va jamiyat tizimi rivoji va yangilanishida, Vatan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning jadal sufatlar bilan amalga oshirilishida faol ishtirok etadigan yangi siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy vazifasi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hamda jamiyatimiz taraqqiyotining boshqa sohalarini erkinlashtirish, davlat va jamiyatni demokratik asosda yangilash, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkiruiklarini, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishga yo’naltirilgan dasturni hayotga tatbiq qilishdan iborat. Partiyaning «XXI asr» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud. O’zbekiston «Xalq birligi» harakati. Mamlakatda «Xalq birligi» harakati 1995-yil iyundan faoliyat ko’rsatmoqda. Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda ro’yxatga olgan. O’zbekiston «Xalq birligi» harakatining asosiy maqsadi ko’p millatli mamlakatda millatlar birligini yanada mustahkamlash, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va kafolatlarini to’la-to’kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg’ularini rivojlantirishdan iborat. “Xalq birligi” harakatining Oliy organi - Qurultoy 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi. O’zbekiston «Xalq birligi» harakatining «Birlik» va «Yedinstvo» haftalik gazetalari mavjud. O’zbekiston Kasaba uyushmasi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari va nodavlat uyushmalari vujudga keldi. 2002-yilga kelib ularning soni 2500 dan oshib ketdi. O’zbekistondagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri - bu O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasidir. Unda turli kasb egalari bo’lgan mehnatkashlar jinsi, diniy e'tiqodlari, irqiy va milliy mansubliklaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlashganlar. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi o’zgardi. Uning asosini jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andozalariga mos keladigan federahzm, demokratiya, mustaqilhk va ixtiyoriylik tamoyillari tashkil eta boshladi. Kasaba uyushmalarining tuzilishi federalizmga asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha kasaba organlari kasaba uyushmalari a'zolari tomonidan saylangan vakillarning yig’ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. Kasaba uyushmalarining har bir a'zosi saylash va saylanish, yig’ilishlar, matbuot va boshqa vositalar orqali kasaba uyushmalari hamda ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni qo’yishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalarining 53 mingga yaqin boshlang’ich tashkilotga birlashgan 7,5 milliondan ziyod a'zosi bor. O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalaridan tashqari hududiy jihatdan Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat hamda Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashlari mavjud.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling