O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Birinchi jahon urushining Turkistonga ta'siri. 1916-yildagi


Download 1.01 Mb.
bet78/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   287
65. Birinchi jahon urushining Turkistonga ta'siri. 1916-yildagi qo’zg’alon
Turkiston va birinchi jahon urushi. 1914-yil 1-avgustda davlatlarning ikki guruhi: Antanta (Angliya, Fransiya va Rossiya) va Uchlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya) o’rtasida Birinchi jahon urushi boshlandi. Rossiya urushga tayyor emasdi, ya'ni armiya jangovar tayyorgarlikka keltirilmagan, mamlakat iqtisodiyoti harbiy holatga o’tkazilmagan edi. O’q-dorilar yetishmasligi sezilih turar edi. Urushning birinchi yilidayoq Rossiya armiyasi ketma-ket qator og’ir mag’lubiyatga uchradi. Urush davomida qishloq xo’jaligi vayron bo’ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Temiryo’lda boshboshdoqlik hukmron bo’lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Butun xo’jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko’lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ekanligi ayon bo’ldi. Davlat moliyasi inqirozga yuz tutdi. Maorifga, madaniyatni rivojlantirishga xarajatlar kamayib ketdi va mayda kredit deyarli qolmadi. Faqat urushning bir yili davomida soliqlar miqdori 50 foizga ko’paydi. Talafotlar o’rnini to’ldirish va harbiy xarajatlar o’sishini qoplash maqsadida qo’shimcha mablag’lar izlar ekan, chor hukumati o’zi uchun ancha odatiy va eng oson bo’lgan yo’ldan, ya'ni o’z mustamlaka o’lkalarini talashdan, urush olib borish uchun sarf-xarajatlarning katta qismini o’z mustamlakalari, jumladan, Turkiston o’lkasi gardaniga yuklash yo’lidan bordi. 1915-yildan boshlab, Turkistonda paxtaga o’zgarmas davlat narxlari joriy etildi, narxlar umumiy o’sishi sharoitida bu narx paxtakorlarning hosil yetishtirishdagi xarajatlarini qoplay olmas edi. 1914-1915-yillarda paxtaga ayirboshlanadigan bug’doy narxi 100 foizga, 1916-yilda esa 400 foizga ko’paydi, paxta narxi esa 50 foizga ko’tarildi, xolos. Bu ko’rsatkichlar paxtaning davlat uchun zarurligini, lekin paxtakorning taqdiri uni qiziqtirmasligini anglatar edi. O’z paxtasini boshqa narxlarda, ya'ni monopol narxlardan yuqori narxda sotishga harakat qilib ko’rgan paxtakorlarga qarshi mol-mulkni musodara qilishgacha bo’lgan "zo’ravonlik" choralari qo’llandi. Milliy-ozodlk harakatlari. 1916-yil mahalliy aholi zimmasiga "podshohota" foydasiga, uning urush olib borishi uchun "ko’ngilli" badallar to’lash majburiyati yuklandi. Bu badallar har bir uy, oiladan olinadigan majburiy soliqlarga aylanib qoldi. Bu soliqlar oddiy xalq daromadi uchun og’ir yuk edi. Urush davomida aholiga qo’shimcha soliqlar va natural majburiyatlar ham yuklandi. Turkistonda bu majburiyatlar butun mustamlaka xo’jaligining chuqur tanazzuliga olib keldi. Pulning qadrsizlanishi, bajarib bo’lmas soliqlar va sudxo’rlarning zo’ravonlarcha shartlari xalq azob-uqubatlarini haddan oshirib yuborgan edi. Ularning xo’jaligi tamomila zavolga yuz tutdi, bu esa iqtisodiyotning uzil-kesil barbod bo’lish havfini tug’dirdi. Dehqonlar yerni arzon-garovga sotib yuborardi, natijada ularning 50 foizdan ortig’i yersiz dehqonga aylandi. Qarzlari evaziga ularning yer haydovchi mollarini va mehnat qurollarini tortib olishardi. Qishloq xo’jaligi ahvoli yomonlashuvi oqibatida paxta hosildorligi tushib ketdi va mehnat unumdorligi ham keskin pasaydi. 1915-yil oxiri va 1916-yilda boshlangan qimmatchilikdan norozilik aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi va xalq g’alayonlari kelib chiqa boshladi. Toshkentdagi "ayollar isyoni" haqidagi xabar tez kunda mamlakatga tarqab ketdi, bunda bolalari och qolgan ayollar savdo rastalarini vayron qilib tashlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashib ketishdi, politsiyachilarga qarshilik ko’rsatishdi, ba'zan ularni kaltaklashdi. Bu hokimiyat tanazzuli va Turkistonda milliy-ozodlik harakati yangi bosqichining boshlanishi bo’ldi. Keskin mojarolar ro’y bergan joylarga o’natiladigan jazo guruhlari paydo bo’ldi. Turkistonda bir arzimas bahona rilan portlab ketgulik inqilobiy kuch yetarlicha to’planib qolgan edi. 1916-yil 25-iyunda e'lon qilingan podsho farmonida Turkistonda 19 dan 13 yoshgacha bo’lgan "mahalliy millatga mansub" erkaklarni harakatdagi irmiya mintaqalarida mudofaa inshootlari qurish bo’yicha, shuningdek, lavlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan ishlarga jalb etish to’g’risidagi hujjatda 'imperator oliy maqomda amr etishi ma'qul topildi", deyilgan edi. Farmondan keyin Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi ;eneral Yerofeyev Ichki ishlar vaziridan mardikorlar olishni kechiktirmasdan va qisqa muddatda amalga oshirish to’g’risida ko’rsatma oladi. Mardikorlikka olishning "rekvizitsiya" shaklida podsho hukumatining nustamlakachilik siyosati va uning mahalliy aholiga nafrat bilan munosabatda )o’lishi yetarlicha aniq-yaqqol ifodasini topgan edi. Negaki, odatda narsalar roki qoramollar - yem-xashak, yoqilg’i, otlar, aravalar tortib olinardi, endi jsa "mahalliy millatga mansub" odamlar ham narsa yoki buyum sifatida tortib olinishi kerak edi. "Oliymaqom amr" asosida Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona viloyatlaridan 250 ming kishi "rekvizitsiya" qilinishi mo’ljallangan edi. Turkistondan odamlarni istehkomlar qurish uchun emas, balki Rossiya pomeshiklari va tadbirkorlarining ishchilar va dehqonlar urushga olingan korxonalari va imeniyelari (mulklari)da ishlatish uchun jo’nata boshladilar. Bu itoatkor va tekin ishchi kuchi edi. "Mahalliy millatga mansub" odamlar Ukraina shakar zavodlarida, Kavkaz mis konlarida, Donbass ko’mir shaxtalarida, tekin ishchi kuchi talab etiladigan deyarli hamma joyda mehnat qilishdi. Qo’zg’alon sabablari va uning borishi. Farmonning e'lon qilinishi daladagi ishlarning qizg’in pallasiga to’g’ri keldi. Bu vaqtda hamma ishlovchi kuchlar hisobda bo’ladi. Ana shunday bir mahalda eng zarur ishchi kuchlarini ishlab chiqarishdan olib qo’yish mo’ljallangan edi. Mustabid hukumat ma'murlari mardikorlarni kurashsiz olib bo’lmasligini oldindan bilishardi. General-gubernator qo’lida jamlangan cheklanmagan hokimiyat unga g’ayriqonuniy jazolarni qo’llashi uchun imkoniyat yaratib berar edi. Mahalliy aholi vaziyatni yaxshi tushunar va kurashda chor ma'muriyati ustun ekanligini sezib turar edi. Hokimiyat tarafida zamonaviy qurollar va yaxshi harbiy ta'lim ko’rgan muntazam armiya turardi. Mahalliy aholining quroli esa ketmon, o’roq va oybolta bo’lgan. Shunga qaramay, zulm va nohaqlikdan to’ygan xalq chorizm bilan noteng kurashga kirishdi. 1916-yil 4-iyulda Xo’jandda frontortidagi ishlarga jo’natiladigan mardikorlar ro’yxatini tuzishga qarshi namoyish bo’ldi. Hokimiyat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi va mahalliy aholiga qarata o’q uzdi. o’sha oqshom ularga qarshi 200 askar va kazak qo’shinlari ham jo’natildi. Shahar harbiy holatda ekanligi e'lon qilindi. Aholining ko’chaga chiqishi taqiqlab qo’yildi. Suvga yoki bozorga borish ham mumkin emas edi. Askarlar va ofitserlar harbiy holat to’g’risidagi farmonni buzganlarni shafqatsiz jazolardi. Shunaqangi zo’ravonlikka qaramasdan, Xo’jand aholisi har qanday sharoitda ham mardikor bermaslikka qat’iy ahd qildi. Xo’jand voqealari Turkistonda 1916-yilgi qo’zg’alonlarni boshlab berdi. 5-iyulda Samarqand viloyatida qo’zg’alon boshlanib ketdi. Urgut shahrida olomon pristav mahkamasi tevaragida to’plandi. To’planganlar frontorti ishlariga jo’natilishi mo’ljallangan odamlar ro’yxatini yo’q qilib tashlashga muyassar bo’lishdi. 8-iyuldan boshlab qo’zg’alon keng qamrov oldi. Aholining qahr-g’azabi avjga mindi. Masalan, Farg’ona viloyatining Afg’on qishlog’ida olomon volost boshqaruvchisini, uning kotibi va qorovulini o’ldirib tashladi. Andijonda qo’shinlar bilan aholi o’rtasidagi to’qnashuvda 12 kishi yaralangan, 5 kishi halok bo’lgan edi. Xalq biron-bir o’qotar quroli bo’lmagani holda hech qo’rqmasdan qurolli qo’shinlarga qarshi tashlandi. Eski Marg’ilonda qo’zg’alon ko’targanlar mahalliy ma'muriyatdan besh kishini o’ldirishdi. 11-iyul kuni Toshkentda qo’zg’alon bo’ldi. Devoniga shikoyat qilib kelgan ayollar olomoniga pristav (politsiya boshlig’i) o’q uzish to’g’risida buyruq berdi. Sebzor va Ko’kcha mahallalarining vakillari Toshkentning barcha aholisini qo’zg’alonga da'vat etishdi. Qo’zg’alonchilar politsiya boshqarmasiga tashlandilar. Ro’y bergan to’qnashuvda bir necha kishi halok bo’ldi. Politsiyachilar ham o’ldirilgan edi. Yaralanganlarning ko’plarini qo’zg’alonchilar olib ketishgandi. Qo’zg’alonchilarni rus ishchilari ham qo’llab-quvvatlashdi. Toshkent tramvay deposi ishchilari, Toshkent gospitali sanitarlari, feldsherlari yaradorlarni yashirishdi va ularga tibbiy yordam ko’rsatishar edi. Xuddi shu kuni Namanganda ham to’qnashuv bo’ldi. Qo’zg’alonchilarga qarata pulemyotdan o’q yog’dirildi, 16 kishi o’ldirildi va 30 kishi yarador bo’ldi. Toshkentdagi voqealardan keyin butun Turkiston qo’zg’alonlar alangasi girdobida qolgan edi. Shaharlar va qishloqlar aholisi mitinglar va namoyishlarga chiqishdi, mardikorlikka olinadiganlar ro’yxatlarini yo’q qilib tashlashdi, volostnoylar, qozilar, politsiyachilarni o’ldirishdi. 13-iyulda Jizzaxda qo’zg’alon boshlandi. Xuddi shu kuni tinimsiz ishlagan telegraf ushbu bildirish harflarini yetkazib turgan: "Jizzaxda tartibsizliklar, simlar kesib tashlangan, o’qlar otilmoqda, madad yuborishingizni so’raymiz". Hukumat qo’shinlari qo’zg’alonchilarga qarata o’q uza boshladi, bu narsa ularning qahr-g’azabini battar kuchaytirib yubordi. Qo’zg’alon butun uyezdni qamrab oldi. Temiryo'llar, ko’priklar, telegraf liniyalari va Lomakino stansiyasi vayron qilindi. Lomakino va Obruchevo stansiyalari o’rtasidagi temiryo’l shoxobchasi qo’shinlar yo’lini to’sib qo’yish uchun buzib tashlandi. Obruchevo stansiyasida tungi qattiq janglar bo’ldi. Har ikki tomondan ham o’ldirilganlar va yarador bo’lganlar ko’p edi. Jizzax qo’zg’alonchilariga qarshi yirik harbiy qismlar va ikkita artilleriya batareyasi tashlandi. Qurolsiz isyonchilarni hatto to’plar na'rasi ham cho’chita olmasdi. Ayovsiz jangga tayyorgarlik ko’rgan qo’zg’alonchilar o’z oilalarini tog’larga jo’natib yuborgan edilar.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling