O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Turkistonda o’rnatilgan sovet rejimi va bolshevistik diktaturaning mohiyati


Download 1.01 Mb.
bet86/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   287
72. Turkistonda o’rnatilgan sovet rejimi va bolshevistik diktaturaning mohiyati
Turkistondagi sovet rejimining o`ziga xos xususiyatlari. Zo’ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o’zining ilk kunlaridan boshlab Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. Chor Rossiyasining mustamla-kachilik tizimi sovetlar davrida yanada takomillashtirildi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti o’zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan mutlaqo farqli hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o’lkaning boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan. o’lkada o’rnatilgan sovet boshqaruv tizimining o’ziga xos va farqli tomoni shundaki, u tashkil topgan zahotiyoq Rossiyadagi markaziy hukumat-bolsheviklarni tan oldi.1917-yil 23-noyabrda Turkiston o’lkasidagi yangi hukumat aholiga qilgan murojatida o’zining maqsadlarini yashirib o’tirmadi. Murojaatda quyidagi fikrga alohida urg’u berilgan edi: «Xalq Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga oshiradi va o’z faoliyatida butun Rossiya sovetlar s'yezdining qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko’rish bilan kutib olinadi». Demak, Turkiston XKS o’z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o’lkasida sovet rejimini mustahkamlashga jon-jahdi bilan kirishdi. Barcha Mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif qilindi. O’lka komissarhgi tarkibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf va temir yo’llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralar ixtiyoriga berib qo’yildiki, oqibatda Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas'ul xodimlar, turli komissiya, byuro va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organga aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar. Turkistonda bolsheviklar asos solgan sovet rejimi chorizmning mustamlakachilik siyosatidan oshib tushdi. Turkiston o’lkasi ikkinchi marta Markaziy Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo’la boshladi. O’lkada hokimiyatning faqat ishchilar va yevropali unsurlar qo’hda bo’lib qolishi Turkistondagi barcha demokratik kuchlarning yangi hukumatga bo’lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bolsheviklar va so’l eserlar Turkiston Muxtoriyati hukumatini ag’darib, mamlakat aholisining o’lkani boshqarishga bo’lgan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to’g’risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo’qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotidagi kuchlarning kelgusida muxolif turib qolishini oldindan muqarrar qilib qo’ydi. O`lkaning “sovetcha andozadagi avtonomiya” asosida boshqarilishi va TSR ning tuzilishi. Markazdagi bolsheviklar hukumati Turkistonda “sovetcha andozadagi avtonomiya” o rnatishga qattiq kirishdi. Bu ishni bajarish uchun Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkiston o’lkasiga yuborildi. Leninning buyrug’i bilan bolshevik P.A.Kobozev Turkistonning favqulodda komissari qilib jo’natildi. 1918-yil 10-apreldan boshlab u Turkiston o’lkasining amaldagi xo’jayiniga aylanib, butun hokimiyat jilovini o’z qo’hda saqlashga harakat qildi. 1918-yil 20-aprel -1-mayda Toshkentda Turkiston sovetlarining V s'yezdi bo’lib o’tdi. Unda qatnashgan 300 ga yaqin delegatdan atigi 50 tasi mahalliy millat vakillari edi. S'yezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmasi asosida 30-aprelda Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida Turkiston Sovet Respublikasi (TSR)ni tuzish to’g’risida qaror qabul qilishdi. Qarorda «Turkiston sovet respublikasi avtonom tarzda boshqariladi, Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va o’z faoliyatini u bilan muvofiqlashtiradi», deb yozilgan edi. S'yezd respublikaning qonun chiqaruvchi oliy organi-36 kishidan iborat (18 tadan bolshevik va so’l eserlar kirgan) Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK)ni sayladi. Turkiston MIK raisi qilib favqulodda komissar P.Kobozev, hamrais qilib A.Solkin saylandi. Mahalliy millat vakillaridan 4 kishi: S.Jo’raboyev, S.Yusupov, Sh.Ostonboyev, S.Azimboyev birinchi marta MIK a'zoligiga saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 bolshevik va 7 so’l eser) kiritildi. STursunxo’jayev (sog’liqni saqlash komissari) va S.Ashurxo’jayev (milliy ishlar komissari) tub millatlarning dastlabki vakillari sifatida hukumat tarkibiga kirishdi. Shuningdek, tatarlardan L.Gabitov ichki ishlar va HJbrohimov adliya komissarlari qilib saylandi. Afsuski, «sovetcha andozadagi avtonomiya» tabiatan milliy muxtoriyat bo’lmay, balki hududiy bir avtonomiya edi. Buning ustiga ushbu «muxtoriyat» samaralaridan birinchi galda o’lkadagi yevropalik aholining asosan proletar qismi bahramand bo’ldi. 1918-yil 17-25-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston bolsheviklarirmig o’lka konferensiyasi Turkiston kommunistlar (bolsheviklar) partiyasining 1-s'yezdi deb nomlandi. Unda o’lkadagi kommunistik guruhlar ilk marta tashkiliy jihatdan rasmiylashib, Turkiston Kompartiyasiga (RKP(b) tarkibida) birlashdilar. Kommunistlarning miqdori 2000 kishidan oshmas edi. S'yezdda I.Tobolin raisligida 7 kishidan iborat Markaziy Komitet saylandi, uning tarkibiga mahalliy kommunistlardan Nizomiddin Xo’jayev ham kiritildi. «Temir qonun», «po’latdek kuchli intizom», «diktatorlik vakolatlari» kabi sinfiy xislatlarni o’zida jamlagan Turkiston Kompartiyasi RKP(b)ga bo’ysunar edi. Markaz bolsheviklari bergan har qanday topshiriq so’zsiz ijro qilinishi oqibatida Turkiston mintaqasini Rossiyaga siyosiy va iqtisodiy qaramhgi mustahkam asosda yo’lga qo’yildi. Turkiston bolsheviklarining anjumanida qabul qilingan qarorlar o’lkaning keyingi taqdirida o’ta salbiy rol o’ynadi. Masalan, Turkiston Muxtoriyati hukumatini tor-mor qilishda faol qatnashgan arman dashnoqlari par-tiyasining yo’lboshchisi s'yezdda iliq kutib olindi. Tobolinning aytishicha, ular og’ir vaziyatlarda «Dashnoqsutyun» partiyasining yordamiga suyanishgan edi. Bolsheviklar tomonidan «sovet Turkistoni»ga aylan-tirilayotgan mintaqada hokimiyatni siyosiy markazlashtirish borasidagi harakat kuchaydi. Turkistonda Markazning siyosiy hukmronligi boshqaruv tizimi orqali shakllandi va izchillik bilan amalga oshirishga kirishildi. Shunday qilib, sovetlarning V s'yezdi Turkistonni Rossiya tarkibidagi o’lka sifatida e'lon qilib, davlat boshqaruvi va xalq xo’jaligi sohasidagi siyosatini markazdagi bolsheviklar hukumati belgilasbini «qonuniy akt» bilan muhrlagan bo’lsa, o’lka bolsheviklarining I s'yezdi ham Rossiyaning partiyaviy, g’oyaviy va nazariy hukmronligini tan olib, shimoldagi bu davlat qo’l ostida bo’lishni yoqlab chiqdilar. Milliy rahbar xodimlarining faoliyati.1918-yilning ikkinchi yarmida Turkistondagi sovet hokimiyati, aslini aytganda, qil ustida turib qoldi. Farg’ona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati butun Turkistonni qamrab olgan edi. Lekin bolsheviklar tashviqoti ro’y berayotgan hodisalarning asl mohiyatini o’lka aholisiga buzib ko’rsatardi. Oqibatda mahalliy aholining bir qismi sovet hokimiyatini mustahkamlash uchun bo’layotgan kurashga tortildi. Sovet rejimi milliy o’lkalarda o’z siyosatini amalga oshiruvchi ijrochilarga muhtoj bo’lgan. Tub aholining aksariyat qismi bolsheviklar va sovet tuzumini tan olmas edi. Bu holat sovet tuzumining kelajagi uchun jiddiy xavf tug’dirgan. Shuning uchun bosheviklar tub aholi vakillaridan bir qismini 1918-yil bahoridan boshlab hokimiyat organlarida ishlashlariga yo’l qo’yib, ularga qisman yon berdilar. Milliy rahbar xodimlar dastavval yangi tuzumning g’oyalaridan o’z xalqlari baxt-saodati yo’lida foydalanishga urindilar. Ular bu g’oyalarni Turkistonning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirishga harakat qilgan edilar. 1919-yil mart oyida Turor Risqulov (1894-1938) raisligida Turkiston o’lkasi Musulmonlar byurosi (a'zolari - Nizomiddin Xo’jayev, Abdulqodir Muhitdinov, Y.Ibrohimov, Yusuf Aliyev, Afandizoda va boshqalar) tuzildi. Musulmonlar byurosi zimmasiga tub aholi o’rtasida ish olib borishni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Musbyuroga «Ishtirokiyun» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi ham topshirildi. Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoliyati davrida o’lka miqyosida musulmon kommunistik tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yishga, katta tashkiliy ishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tub xalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi. Turkistonda bolshevistik diktatura va uning mohiyati. Turkiston respublikasidagi bolshevistik rahbariyat o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro kurash qizib ketdi. Guruhbozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918-yil oktabr oyida F.Kolesov, I.Tobolin, A.Solkin va boshqa «eski kommunistlar» o’z vazifalaridan chetlashtirildi. 1918-yil oktabrda bo’lib o’tgan sovetlarning favqulodda VI s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko’ra, mudofaa, tashqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo’llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi. Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik, birinchidan, o’lkada «sovetcha andozadagi avtonomiya»ning o’rnatilishi bilan yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu jarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiy funksiyalarining federal hukumatga topshirihshini konstitutsiya yo’li bilan “qonuniy” rasmiylashtirilishi bo’ldi.1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipov boshchiligida isyon ko’tarildi. Ular 14 komissarni otib tashlashdi. K.Osipovning xalqqa qilgan murojaatida ko’plab va'dalar berilganligiga qaramay, tub aholi betaraf qoldi. Biroq isyon tezda Toshkent temir yo’l ustaxonalari ishchilari va boshqa kuchlar tomonidan bostirildi. Osipov Farg’ona vodiysiga qochib ketdi. To’ntarishga bo’lgan urinish yangi qatag’on va terror usullarining paydo bo’lshiga olib keldi. O’lka bolsheviklari 1919-yil mart oyi boshida so’l eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston MIK va XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi. Markaz bolsheviklari Turkistonning siyosiy va iqti-sodiy qaramligini huquqiy yo’l bilan «qonuniy» mustahkamlagach, o’lkani boshqarish uchun Markaz manfaatlarining so’zsiz ijrochisi bo’lgan o’z emissarlarini jo’nata boshladi. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik bog’lanib turgan qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday emissarlar yuborishni muntazam yo’lga qo’ydi. 1919-yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bilan shug’ullanuvchi alohida muvaqqat komissiyasi (raisi - Sh.Z.Eliava) tuzildi. Komissiya a'zolaridan P.Kobozev boshchiligidagi bir guruh xodimlar 4-mart kuni Toshkentga yetib kelishdi. Kobozev sovetlarning favqulodda VII s'yezdida (1919-yil mart) shunday da'vo qilgan edi: «RSFSR hukumatining qabul qilgan har bir qonuni MIK tomonidan Turkistonda so’zsiz amalga oshirilishi shart». Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkistondagi sovet amaldorlari o’rtasida hokimiyat uchun kurash qaytadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIII s'yezdida (1919-yil 6-sentabr - 3-oktabr) yaqqol namoyon bo’ldi. A.Kazakov boshchiligidagi Turkiston MIK raisi bilan Markaz vakili P.Kobozev o’rtasida hokimiyat uchun bo’lgan kurashda Kobozev zo’rg’a g’olib chiqdi. Tub xalqlarga nisbatan shovinistik munosabatini oshkora namoyish qilgan A.Kazakov va o’rin-bosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari o’z lavozimlaridan olib tashlandi. A.Kobozev Turkiston MIK ning yangi raisi I.Apinga mustamlakachilik siyosatini o’ta noziklik bilan yuritish, tub xalqlarning manfaatlariga oshkora qarshi chiqmaslik xususida ko’rsatmalar berdi. Turkiston o’t-olov ichida yonayotgan bir paytda- 1919-yil 8-oktabrda V.I.Lenin buyrug’i bilan butun Rossiya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari bo’yicha komissiyasi - Turkkomissiya (raisi - Sh.Z.Eliava) tuzildi. 1919-yil 4-noyabrda Eliava, VKuybishev, F.Goloshchekin, Ya.Rudzutakdan iborat tarkibdagi Turkkomissiya Toshkentga yetib keldi. M.Frunze va G.Bokiy keyinchalik bu yerga kelishdi. Turkkomissiya amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo’jalik va harbiy tashkilotlarga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat'iy ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiyaning tazyiqi bilan 1920-yil yanvar oyining oxirida Musbyuro o’z faoliyatini to’xtatdi. Turkkomissiya o’lkamiz yangi tarixida o’ta mash'um rol o’ynadi. Turkkomissiya bolsheviklar hukmronligini kuchaytirish va o’lkaning sovet Rossiyasiga qaramligini kengaytirish bilan jiddiy shug’ullandi. Turkkomissiyaning Toshkentga kelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktaturani o’rnatish jarayoni muayyan marraga yetdi. Bolshevistik diktaturaga asoslangan sovet rejimi tub aholining manfaatlari va intilishlariga zid bo’lgan, faqat sinfiy kurashga asoslangan va xalqqa qarshi qaratilgan totalitar rejim edi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling