O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Download 1.01 Mb.
bet75/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   287
63. XX asr boshida Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.
Iqtisodiyot va savdo-sotiqning rivojlanishi. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi 1885-yilda Pomir posti tasdiqlanishi va Afg’oniston chegarasi belgilanishi bilan hujjatli ravishda yakun topdi. Kaspiy dengizidan Pomirgacha bo’lgan barcha hudud chegaralab chiqildi, uning shimoli, garchi Buxoro va Xiva zohiran mustaqil ko’rinsa-da, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Rossiya kapitalizmi jahon kapitalizmining eng qoloq qismi edi. Nikolay II hukumatida yangi mustamlakalarga qo’yish mumkin bo’lgan sarmoya yo’q edi. O’rta Osiyoda katta armiya tutib turilar, harbiy yurishlar uzluksiz olib borilar, buning uchun katta xarajatlar talab qilinar edi. O’rta Osiyoda kapitalizm rivojlanishining xususiyati Rossiya sarmoyasining yarmidan ko’pi sanoatga emas, eng ko’p foyda olish kafolatlangan savdoga qo’yilgandi. Ishlab chiqarishga sarmoya qo’yish bu darajada samara bera olmasdi. Olingan ulkan foyda ishlab chiqarishni kengaytirishga sarfianmas, balki amalda to’lig’icha Rossiyaga oqib borardi. Sanoatga qo’yilgan mablag’ning 30 foizi paxtaga dastlabki ishlov berishga sarflanardi. Bu xomashyoni qayta ishlashning birgina qismini - tozalash yoki moy ishlab chiqarishni anglatardi. Keyingi ishlov Rossiyaning sanoat korxonalarida davom ettirilardi. Xomashyoning boshqa turlari - jun va teriga ishlov berishda ham ahvol shu edi, mahalliy zavodlarda ularga ishlov berishning dastlabki bosqichi bilan shug’ullanilardi. Turkiston general-gubernatorligida 600 zavod ishlab turardi, qo’l mehnati ko’p bo’lgani uchun ularni nisbatangina zavod deb atash mumkin edi. Bu korxonalarda 20 ming ishchi ishlardi, ya'ni har bir zavodga ko’pi bilan 35 kishidan to’g’ri kelardi. Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo’lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib borar edi. Rossiyadan sanoat mahsulotlari keltirilishi munosabati bilan Turkistonning kosib-hunarmandchiligi asta-sekin siqib chiqarilmoqda edi. Korxonada ish kuni 16 soat davom etardi. Ishchilar huquqini himoya qiladigan tashkilotlar yo’q edi, shikoyat bilan hech kimga murojaat etib bo’lmasdi. Podsho Rossiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari paxtachilikni rivojlantirish bilan bog’liq edi. Butun o’lkani ulkan paxta dalasiga aylantirish, paxta bilan Rossiyani ta'minlab qolmay, balki uni tashqi bozorga ham chiqarish mo’ljallangan edi. Farg’ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlardan bo’lib qolishi lozim edi. Keng irrigatsiya tizimini yo’lga qo’ymay paxta yetishtirib bo’lmasligini anglagan holda o’lkada tadqiqot jarayoni va sug’orish kanallarini qurish ishlari boshlandi. 1891-yilda 200 desyatina yerni sug’orish mumkin bo’lgan kanal qurildi. Mevazor bog’lari, g’o’za unib turgan dalalari, polizlari bo’lgan yangi shaharchalar paydo bo’ldi. 1911 -yilda Sirdaryoda magistral kanalni bunyod etish ishlari boshlab yuborildi va 1913-yilga kelib bu ish tugallandi. Biroq Toshkent vohasida, Samarqand viloyatida va Farg’ona vodiysida dalalarni sug’orish bo’yicha loyilialarning ko’pi bajarilmay qoldi. Podsho hokimiyati chiqargan farmon bo’yicha sug’oriladigan yerlarga asosan "xristian dinidagi barcha rus fuqarolari" joylashishi mumkin edi. Ahamiyatiga ko’ra paxta neft va oltindan keyingi o’rinda turuvchi yuqori daromadli tovardir. Paxta yetishtiriladigan mintaqada joylashgan davlat ulkan potensial boylikka ega hisoblanadi, chunki jahonda paxtaga ehtiyoj muntazam ortib boradi. Lekin uning serdaromadligi davlatning o’z mahsulotini qanchalik erkin tasarruf etishiga bog’liq edi. Turkistonda yetishtirilgan paxtani podsho hukumati to’lig’icha tasarruf etardi, oqibatda paxta podsho Rossiyasining boyish manbaiga va mahalliy aholini qashshoqlashuvi hamda xonavayron bo’lishi sababiga aylandi. Turkistonda agrar xomashyo qo’mitasi sifatida asta-sekin jahon bozor xo’jaligi tizimiga tortildi. Qishloqlarda ham tovar-pul munosabatlari rivojlana boshladi. Natijada dehqonlar xonavayron bo’lib, yeridan mahrum bo’lardi, qishloqda chorakor, ya'ni ijaragir asosiy ijtimoiy kuchga aylanib bordi. Chorakor yetishtirilgan mahsulotning bor-yo’g’i chorak qismini o’ziga olib qolardi. Xo’jayin unga yer, mehnat qurollari, urug’lik berardi, ayni mahalda soliq va yig’im-terim xarajatlarini chorakorning hissasidan olib qolardi. Chorakor ishni bajarish uchun mardikor yollashi mumkin edi. Qishloqlarda shu tariqa yangi ijtimoiy zanjir: yer egasi bo’lgan boy - sudxo’r - kreditor - chorakor - mardikor shakllanadi. Chorakorlarning ko’pchiligi yeri kam yoki yersiz dehqonlardan iborat edi. Ular sudxo’r xo’jayindan qancha qarzdorligini hech qachon aniqbilmagan. Chorakordan: "Qancha qarzing bor?" - deb so’raganlarida, u doimo: "Daftar xo’jayinning qo’lida", - deb javob bergan. Turkistonda Rossiya banklari. XX asr boshida Turkistonda Rossiya banklari ularning filiallari ta'sis etildi. Bu davrda Rossiya banklarining faoliyati chet el banklari faoliyati bilan chambarchas bog’liqlikda olib borila boshlagan va ular birgalikda sa'y-harakat qilib, o’z daromadlarini oshirib bormoqda edilar. Bu ishlarni amalga oshirishda davlat banki va Rus-Osiyo banki bo’limlari juda katta rol o’ynadi. General-gubematorlikning paxta ekiladigan barcha tumanlarida bu banklarning bo’limlari ochildi. Ular paxta tolasini sotib olishardi, kredit berishar edi, paxta tozalash firmalari va neft korxonalarining egalari hisoblanishardi, temiryo’l qurishardi va h.k. Rossiya bank kapitalining Turkistonga kirib kelishi sanoat rivojlanishi, temiryo’l qurilishi, savdo-sotiqning rivojlanishi jadallashuviga xizmat qildi. Biroq Rossiya banklari bo’limlari sudxo’rga aylanib qoldi. Ular qarz foizlarini muttasil oshirishar, natijada dehqonlar qarzni to’lash uchun yerini, molini, mehnat qurollarini sotib, tirikchilik qilish uchun shaharga jo’nashga majbur bo’lardi. Chunonchi, 1912-yilda aholining kreditlar bo’yicha qarzi 200 mln so’mga yaqin bo’ldi, Toshkent va Andijon viloyatlarida yersiz dehqonlar soni barcha xo'jaliMarning 50 foizini tashkil qildi. Rossiya banklari shu tariqa ko’z ko’rmagan foydani qo’lga kiritib, dehqonlar taqdiri, ularning oilasi, bola-chaqasi haqida umuman qayg’urmas edi. Temiryo’l qurilishi. Turkistonning boyligini transport tizimini rivojlantiribgina tashib ketish mumkin edi. Millionlab toy paxtani karvon yo’llaridan olib ketish qiyin edi va qimmatga tushar edi. Yuklarni arzon va oson yo’l bilan tashib ketish uchun temiryo’l talab qilinardi. Turkistonda birinchi temiryo’l 1880-yil iyunda qurildi. General Skobelev Krasnovodskdan Qizilarvatga artilleriyani tashib olib borish uchun qum orqali 70 km uzunlikda birinchi temiryo’l qurishni buyurdi. 1881-yilda temiryo’l Qizilarvatgacha yetib bordi va uning uzunligi 217 km ga yetdi. Bu paytda poyezdlarni otlar tortmasdi, ular bug’ vositasida yurardi. 1885-yil may oyida temiryo’lni Ashxobodgacha yetkazish bo’yicha qurilish ishlari boshlandi. 1888-yil noyabrda Amudaryo ustiga ko’prik qurildi va uning ustidan Samarqandga birinchi poyezd o’tdi. 1898-1899-yillarda Toshkent va Andijongacha bo’lgan oraliqda temiryo’l qurilishi yakunlandi. 1906-yilda Orenburgdan Toshkentga qadar 2 ming km dan ziyod uzunlikdagi temiryo’l ishga tushdi. 1914-yildan 1916-yilgacha Namangan - Jalolobod - Farg’ona - Andijon - o’sh temiryo’li qurib bitkazildi, bu yo’l Rossiyani Xitoy chegaralarigacha olib chiqardi. Endi Farg’onadan Moskvagacha yuk tashish vaqti bir yarim oydan 4 sutkagacha qisqardi. Ayni shu paytda Samarqand - Buxoro - Qarshi - Termiz temiryo’li qurilib, Rossiya Afg’oniston chegaralarigacha chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi. Temiryo’l qurilishi ikki xil ahamiyatga ega edi. Bir tomondan, temiryo’l paxtakor mintaqalar yaqinidan o’tar va u yerlardan paxta, foydali qazilmalar, rangli metallarni tashib ketish oson bo’lar edi. Turkistondan Rossiyaga paxta, sholi, mevaqoqi, paxta moyi, neft, mazut, kerosin, tuz, ipak, jun va boshqa ko’plab narsalar tinmay tashib ketilardi. Ikkinchi tomondan, temiryo’l harbiy ahamiyatga ham ega edi. U Krasnovodskdan Andijongacha borar, bu yo’l orqali qo’zg’alonlarni bostirish uchun qo’shinlarni bir o’lkadan boshqasiga tezlik bilan yetkazish imkoniyati yaratilgan edi. Shaharlarning rivojlanishi. Podsho Rossiyasi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishiga to’g’anoq bo’lardi. Chunonchi, podsho amaldori graf Palen bunday deb yozgandi: "Rossiya Turkistonga egalik qilayotganiga 40 yil bo’lganiga qaramay, tabiiy sharoitiga ko’ra juda boy, Rossiyaning paxta koni bo’lgan bu o’lka sanoat kapitali bilan jonlantirilgani ko’zga tashlanmaydi, sanoat va savdo-sotiq o’sha-o’sha boshlang’ich holatda, yer va yer osti bo’m-bo’sh". Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Namangan, Andijon, Xo’jand, Kazalinsk, Chimkent Turkistonning yirik shaharlari edi. Harbiy shaharchalar ham bunyod etilib, ularga dastlab rossiyalik harbiylar, amaldorlar va savdo ahli kelib o’rnashardi. Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyayevka shunday shaharlardan edi. XX asr boshida Rossiyadan ko’chib kelgan aholi hisobiga Turkistonda shahar aholisi soni ko’paydi. Masalan, 1910-yilda Toshkentda 210 ming, Qo’qonda 113 ming, Samarqandda 89 ming kishi yashar edi. Kelgindi aholi alohida kvartal (mahalla) bo’lib joylashardi. Chunonchi, Toshkentning markazidan oqib o’tuvchi anhor shaharni eski (musulmon) va yangi (rus) qismlarga bo’lgandi. Yangi mavzelarda ko’chalar keng qilib qurilgan, batartib bog’lar barpo etilgan, suv quvuri (vodoprovod) o’tkazilgan edi. 1909-yilda birinchi elektr stansiya qurildi. Uch yildan keyin esa shahar elektr bilan yoritildi. 1913-yildan boshlab, elektr vositasida yuradigan tramvay paydo bo’ldi. Tramvay izining uzunligi 23 km edi. Shaharlarda barcha farmonlar, buyruqlar, farmoyishlar va yo’riqnomalar rus tilida chiqarilar, buning natijasida shaharlar rusiyzabonlashib bormoqda edi. Mahalliy aholi bu yerda yashashga ko’nikolmay, eski shaharlardan uy-joy topishga majbur bo’lardi. O’lkaning Rossiya imperiyasi xomashyo qo’mitasiga aylanishi. Amerika paxtasi narxining ko’tarilishi va uni keltirish bilan bog’liq qiyinchiliklar podsho hokimiyatini paxtani Turkistonda yetishtirishga kirishishga majbur etdi. Mahalliy paxtaning avvalgi navlari Rossiya to’qimachilik fabrikalari uchun yaroqsiz edi. Ular Amerika paxtasiga mo’ljallangan ingliz mashinalari bilan jihozlangandi. General-gubernatorning farmoyishi bilan Toshkent yaqinida tajriba-seleksiya bazasi ochildi. Bu yerda 1884-yilda Amerika paxtasi va mahalliy paxta navlarini chatishtirish yo’li bilan yangi nav yaratishga erishildi. Uning sifati har ikkala navnikidan ham yaxshiroq bo’lib chiqdi. "Kudrin va K°" savdo uyi butun hosilni sotib olib, o’sha yilning o’zida Rossiyaga dastlabki 8 toy paxtani olib ketdi. Keyingi yili dastlabki 300 desyatina yerga yangi paxta navi chigiti ekildi. Samara kutilganidan ham yaxshiroq bo’ldi - bu paxta navi o’sha davrda hosildorligi va sifati bo’yicha eng yaxshi ko’rsatkichga ega bo’lib chiqdi. 1886-yilda - 12 ming, 1890-yilda - 59 ming, 1900-yilda - 191 ming, 1910-yilda esa 350 ming desyatina yerga ushbu paxta navidan ekildi. Turkiston Rossiyaning paxta mustaqilligini ta'minladi. 1907-yilda Rossiyaning to’qimachilik fabrikalariga 5 mln pud paxta tolasi tashib ketildi, bu ularning ehtiyojini to’liq qondirdi. (Turkiston) - to’qimachiiik fabrikasi (Rossiya) tarzida paxtachilik agrar va sanoat majmuasi (kompleksi) tarkib topdi. Paxta yetishtirish uchun maqbul joy hisoblangan Farg’ona vodiysi asosiy paxta yetishtirish bazasi bo’lib qoldi. Vodiyda Turkistondan Toshkent va O’rta Osiyo temiryo’li orqali Moskva, Yaroslavl, Ivanovo-Voznesensk, Riga, Lodzi (Polsha) shaharlari to’qimachilik fabrikalariga to’g’ri olib ketiladigan jami paxtaning 85 foizi yetishtirilar edi. Paxta Rossiya va Turkiston iqtisodiyoti integratsiyalashuvining asosi bo’lib qoldi. Uning ko’paytirilishi Rossiya kapitalini jalb qildi. Paxta yetishtirish va sotib olish bilan kamida 30 ta eng yirik savdo idoralari shug’ullandi. Rossiyadagi eng yirik banklar - Rus-Osiyo, Moskva savdogar va Davlat banklari uning asosiy kreditorlariga aylandi. Biroz keyinroq Poltava va Nijegorodsk-Samara yer banklari bu yerda o’z bo’limlarini ochdilar. Paxta integratsiyasi kapitalning konsentratsiyalashuviga hamda paxta yetishtirish va sotish bo’yicha yirik savdo-ishlab chiqarish kompaniyalari ochilishiga olib keldi. 1913-yilda "Besh-bosh" gigant paxta-moy shirkati tuzildi, u Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning 30 foizini sotib olar, 80 ming tonnagacha paxta tolasini tashib ketar va 160 ming tonna urug’ga ishlov berardi. "Besh-bosh" ixtiyorida 29 ta paxta tozalash zavodi bor edi. Farg’ona vodiysining o’zida 30 ta paxta tozalash zavodi bo’lgan va har yili 118 ming tonna paxta sotib oladigan aka-uka Vadyayevlar savdo uyi uning raqobatchisi edi. 1916-yilda Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasini qo’lga kiritib, to’qimachilik buyumlari ishlab chiqarish bo’yicha Yevropada eng qudratli kombinatni tashkil qilishdi, Farg’ona vodiysi paxta dalalari, temiryoi, paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to’qimachilik zavodlari uning tarkibiy qismi edi. Dehqon va hunarmandlarning ahvoli. Turkistondagi paxtaga bo’lgan yuqori talab O’rta Osiyo iqtisodiyotida tub o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Paxta Turkiston dehqonlarining asosiy mahsulotiga aylandi. Sug’oriladigan yerlarda paxta ekishning ko’payishi dehqonlar ahvolining yomonlashuviga olib keldi. Donli ekinlar va sabzavot ekish uchun ajratiladigan yer maydoni kamayib bordi. Masalan, Farg’ona vodiysida sug’oriladigan yerlarning 50 foizi paxta bilan band qilindi. Qishloq aholisi qatlamlarga ajrala boshladi. Bir tomondan yersiz dehqonlar, ya'ni qishloq yollanma ishchilar soni o’sib bordi, ikkinchi tomondan esa sudxo’rlarning tor qatlami, "Besh-bosh" shirkati yoki Vadyayevlar uyi bilan hamkorlik qilgan savdogar yer egalari soni oshib bordi. Mardikorlik Farg’ona vodiysida keng rivojlandi. Mardikorlar bir kunga o’z ketmoni bilan kuniga 10 soatdan ishlaydigan yollanma kunbaychilar, asosan yersiz dehqonlar edi. Ularga ish haqi kelishuv asosida to’lanardi. Yollanishning boshqa shakli chorakorlik bo’lib, u bilan ham yersiz dehqonlar shug’ullanishardi. Chorakor, odatda, oilasini o’z yurtida qoldirib, yirik yer egalaridan ijaraga yer olib ishlash uchun 7-8 oyga ketardi. Yer egasi ekish uchun unga urugiik berardi, mardikor yollardi, mehnat qurollari, yashash uchun joy, oshxona anjomlari bilan ta'minlar edi. Chorakor esa chigit ekishdan boshlab hosil yig’ib-terib olinguncha dalada ishlardi. 1916-yilga kelib, qishloq aholisining 80 foizini mardikorlar va chorakorlar tashkil qilgandi. Yerga egalikni saqlab qolgan boshqa dehqon xo’jaliklarining ham ahvoli og’ir edi. Ular kreditga pul va urug’lik olib, qaytara olmas, shuning uchun yanada og’irroq shartlar asosida yangi qarz olishga majbur bo’lishardi. Qarz yildan-yilga o’tib, foizlar ortib borar, ko’pincha bu ish yerni tortib olish yoki sotish bilan tugardi. Dehqonlar mardikor yoki chorakorga aylanib borishardi. Birinchi jahon urushi davriga kelib, Turkiston dehqonlari to’liq xonavayron bo’lish yoqasiga kelib qolishgandi. Dehqonlarning 50 foizi qarz domiga tushib qolgan, har yili xonavayron bo’lgan 500 ta dehqonning yeri arzimagan pulga sotilardi. Sanoat rivojlanishi. Sanoatda ham ahvol unchalik yaxshi emas edi. Paxta "vasvasasi"gacha Turkistonda yirik sanoat ishlab chiqarishi amakia yo’q darajada edi. Mahalliy ishbilarmonlarning faolligi mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishga asoslangan edi. XIX asr oxirida o’lkada mahalliy sanoat rivojlana boshladi. U Rossiya sanoatining agrar-xomashyo qo’mitasi sifatida sof mustamlaka xususiyatiga ega edi. Korxonalarining 70 foizini paxta tozalash sanoati, 7 foizini moy ishlab chiqarish korxonalari, 5 foizini oziq-ovqat sanoati tashkil etardi. Sanoat o’ta zaif rivojlangandi, ayni mahalda u bir yoqlama xususiyatga ega bo’lib, asosan Rossiya imperiyasi ehtiyojlari uchun xizmat qilardi. lshlab chiqarishning bunday xususiyati Turkistonning Rossiya bilan savdo munosabatlariga ham ta'sir etardi. Rossiyadan un, bug’doy, javdar, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, to’qimachilik matolari, ip-gazlama buyumlar, jun, shoyi keltirilardi. 1867-1900-yillarda Turkistonda 175 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi, ularning 80 foizi paxtani birlamchi qayta ishlash bilan shug’ullanardi. Turkistonda don yetishtirish keskin kamaydi, bu hol aholini oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiyadan keltirilishiga bog’liq qilib qo’ydi. Kambag’allashgan dehqonlar o’z yer uchastkalarini sotishga majbur bo’lishdi, bu kam yerli va yersiz dehqonlar soni keskin ko’payishiga olib keldi. Turkistonning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylanishi dehqonlarnigina emas, hunarmandlar ahvolini ham og’irlashtirdi. Rossiyaga tashib ketilgan paxta gazlama, satin sifatida Turkistonga qaytarilardi, bu esa o’z buyumlarini O’rta Osiyogagina emas, balki qo’shni chet mamlakatlarga ham yetkazib berib turgan o’n minglab to’quvchilar sulolalarini tirikchilik manbaidan mahrum qilib, mahalliy hunarmandchilik sanoatini xonavayron qilardi. Rossiya kapitali Turkistonni o’z sanoat mollarini sotadigan monopol bozorga aylantirib, uni jahon bozoriga jalb etdi, biroq Rossiya tovarlarining keltirilishi asrlar davomida mavjud bo’lgan mahalliy hunarmandchilikni siqib chiqardi. Boshqa tomondan Rossiya kapitali Turkistonning metropoliyaga qaramligini Aaytirish uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Shunday qilib, Rossiya kapitali mustamlaka xo’jalikka yangi bozor munosabatlarini joriy etib, Turkiston xo’jaligining natural shaklini, uning biqiqligini buzdi.

64. Jadidlar, ularning dasturiy maqsadi va vazifalari



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling