O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi


Download 1.01 Mb.
bet72/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287
60. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi.
Toshkentni bosib olishdagi qiyinchiliklar Aleksandr II ning O’rta Osiyoni bosib olish siyosatidan to’xtata olmadi. Uning buyrug’iga ko’ra armiya janub tomon bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Bosqinchilik siyosatini davom ettirishdan avval chor ma'muriyati o’zining yangi hududlarini hujjat asosida rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. 1867-yilda bosib olingan hududda markazi Toshkent bo’lgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Rossiya Kaspiy dengizi sohillariga, Afg’oniston, Xitoy, Eron bilan chegaralarga yo’lak ochdi va Hindistonga yaqinlashib qoldi. General-gubernatorlik bilan bir paytda Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi. 1847-yildan beri bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan hamma harbiy qismlar uning tarkibiga kirdi. Umumiy chor qo’shinlari askari soni 40 ming nafar edi. 1867-yil 7-noyabr farmoniga ko’ra General-adyutant fon Kaufman K.P. Turkiston o’lkasi general-gubernatori etib tayinlandi. Tayinlanishidan oldin u Rossiyaning O’rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to’g’risida aniq ko’rsatma oldi va 1881-yilgacha bu ko’rsatmalarni amalga oshirdi. Kaufmanga cheklanmagan huquq berilgan bo’lib, u o’z harakatlarini hech kim bilan kelishmay amalga oshirishi mumkin edi.
. Boshqaruv tizimi. Rossiya imperatori Aleksandr II ning 1867 yil 11 iyuldagi farmoniga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tarkibida Turkiston xarbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va okrug kumondoni etib general-ad’yutant K.P. fon Kaufman tayinlandi. Unga biror davlatga urush e’lon kilish, sulx tuzish, xarbiy-ma’muriy, moliyaviy-iktisodiy, fukarolik ishlarini mustakil xal kilish xukuklari berilgan, shu boisdan u «yarim podsho» deb atalardi. Bu tadbir chor Rossiyasining Urta Osiyoni bosib olish yulidagi xarakatida yangi boskich buldi.
Rossiya xarbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshox maslaxatchisi V.Girs 1867 yilda «Turkiston ulkasini boshkarish tartibi» xakida konun loyixdsini tuzdilar, u Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiklandi va amalda kuchga kirdi. Ulkada mutlak xokimiyat general-gubernator kulida tuplandi. General- gubernatorlik Kengashi va turt bulimdan iborat maxkama tuzildi. Birinchi bulim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-xujalik, uchinchisi solik va shaxarlar mablaglari ishlarini boshkargan. Turtinchisi maxsus bulim deb atalgan. General-gubernator bir vaktda podshox noibi, xarbiy okrug kushinlari kumondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bulgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orkali, Xiva xonini esa Amudaryo bulimi boshligi orkali nazorat kilib turgan.
Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar uchastkalarga bulingan. Viloyat xarbiy-gubertanorligiga general darajasidagi, uezd boshligiga polkovnik darajasidagi, uchastka boshligiga kapitan darajasidagi zobitlar tayinlangan. Mazkur ma’muriy tuzulmaning uzagi uezd bulib, uning boshligi general-gubernator tomonidan tasdiklangan va katta vakolatga ega bulgan. Uezd boshligi ma’muriy, politsiya, xarbiy xokimiyatlarni uzida birlashtirgan, odamlarga jarima solish, 7 kungacha xibsda saklashi mumkin bulgan, shu boisdan uni «xokim tura» deb xam atashgan. Uchastka boshliklari xam odamlarga jarima solish, 3 kungacha xsbsda saklab turishi mumkin bulgan.
Kishloklarni boshkarish uchun uchastka boshligiga buysunuvchi bulis (volost) va ovul ma’muriy boshkaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonadon yashovchi xudud bulis, 1-2 yuz utovli xudud ovul deb ataldi. Maxalliy axoli orasidan bulis boshkaruvchisi (oksokol yoki mingboshi), kishlok oksokollari (yuz boshi, ellik boshi, un boshi) xamda ovul oksokollari, ularning urinbosarlari saylanadigan buldi. Ammo bu maxalliy boshkaruv tizimi Rossiya ma’muriyati kulida bulgan, nomigagina saylangan maxalliy axoli vakillari ularning kulida kugirchok bulganlar.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling