11-bob. Standartlashirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar ishini moliyalashtirish
64. TQ tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qiymati TQ ishi dasturiga muvofiq TQga a’zo — tashkilotlar bilan kelishiladi va aniqlanadi.
65. TQning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishni Institut amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.
66. TQ ish dasturini kelishish bosqichida qayd etilgan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachining mablag‘lari Institutning standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
67. TQning ish dasturi doirasida ishlab chiqilgan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni sotish ushbu TQga a’zo — tashkilotlarga bepul amalga oshiriladi.
68. TQ ishida doimiy vakolatli vakillarning ishtirok etish xarajatlarini TQga a’zo tashkilotlar qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |