10-bob. Texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
56. Quyidagilar texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati;
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi;
TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi.
57. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan davlat standartlari soni;
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni.
58. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish kotibiyatini yuritish;
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning umumiy soni.
59. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQ ish dasturining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari;
TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi;
TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari.
60. TQ faoliyatining samaradorligini baholash ro‘yxatga olingan texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yig‘indisidan kelib chiqib aniqlanadi.
61. TQ faoliyati samaradorligini baholashni TQning yakunlangan yilgi faoliyati bo‘yicha Institut amalga oshiradi. Bunda tashkil etilganiga ushbu baholash o‘tkazilishiga qadar bir yildan kam bo‘lgan TQ faoliyati baholanmaydi.
62. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:
standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish;
xalqaro grant mablag‘lari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik.
63. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari ko‘riladi:
TQga a’zo — tashkilotlarning tarkibidan vakolatli shaxs(lar)ni chiqarish;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda TQ ishtirok etishini to‘xtatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |