O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish


Download 292.26 Kb.
bet21/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
VMQ 220

7-bob. Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish

44. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi.

45. TQ standartlarning O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, texnik reglamentlarga, xalqaro (mintaqaviy) standartlarga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ularni tekshiradi, buning natijasida ularni qayta ko‘rib chiqilmasdan va o‘zgartirmasdan amalda saqlash yoki qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish zarurati to‘g‘risida xulosaga keladi.

46. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi.

47. Agar standartlarni tekshirish jarayonida standartni bekor qilish maqsadga muvofiqligi aniqlansa, u holda TQ kotibiyati standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq ushbu standartni bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

8-bob. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida ishtirok etish

48. TQ standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlari loyihalarini ko‘rib chiqish va ushbu loyihalar bo‘yicha ovoz berishda, O‘zbekiston Respublikasi takliflarini tayyorlashda ishtirok etadi.

49. TQ ayni shunday faoliyat sohasi bo‘lgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida qatnashadi.

50. Agentlik standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni ta’minlaydi. TQ standartlashtirish bo‘yicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi.

51. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi.


Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling