2-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tuzilmasi
5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‘rinbosari (zarur bo‘lganda), mas’ul kotib, TQga a’zo-tashkilotlar.
6. TQga rais boshchilik qiladi.
Rais, rais o‘rinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ a’zolari bo‘lgan bo‘limlar rahbarlaridan saylanadi.
7. TQ kotibiyati ishiga TQ mas’ul kotibi rahbarlik qiladi.
Mas’ul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi.
8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organi vakili bo‘lmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi.
9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qo‘mitalar tuzilishi mumkin.
Standartlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a’zo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak.
10. Quyi qo‘mitalarni tuzish, ularning raislari va mas’ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
11. TQ doirasida aniq loyiha bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‘mita ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin.
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‘ng to‘xtatiladi.
12. TQ tuzilmasi va tarkibining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida Institutga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |