O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tarkibi


Download 292.26 Kb.
bet18/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
VMQ 220

4-bob. Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tarkibi

28. TQda a’zolikning bir toifasi — teng huquqli a’zolik belgilanadi.

29. Agar manfaatdor tomon TQga biriktirilgan bir yoki bir nechta standartlarni ishlab chiqish, moliyalashtirishdan yoki TQ faoliyat sohasidagi ishlardan manfaatdor bo‘lsa, TQ tarkibiga kirish huquqiga ega.

Manfaatdor tomon TQ kotibiyatiga (agar TQ tashkil etish jarayonida bo‘lsa — TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilotga) TQ ishida ishtirok etish uchun tashkilotning doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlari (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) ko‘rsatilgan xatni yuboradi. Zarur bo‘lganda TQ ishida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa vakillar ishtirok etishi mumkin.

TQga a’zo tashkilot o‘n kun mobaynida TQning mas’ul kotibiga doimiy vakolatli vakilining bog‘lanish ma’lumotlarining o‘zgarganligi haqida xabar berishi kerak.

30. Doimiy vakolatli vakillar TQ kotibiyati bilan aloqada bo‘lib, tashkilotning rahbariyatiga kerakli ma’lumotlar berib, TQga a’zo tashkilot nomidan ovoz beradi.

31. Mavjud TQga tarkibiga kirish to‘g‘risidagi manfaatdor tomonlarning so‘rovlari olinganda uning mas’ul kotibi TQning barcha a’zo tashkilotlarga tanishish uchun axborot yuboradi.

TQ mas’ul kotibi Institutga TQ tarkibiga o‘zgartirish kiritilganligi haqida axborot yuboradi.

32. TQ o‘tkazadigan ishlarda manfaatdor shaxslar, alohida mutaxassislar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.

33. Agar TQga a’zo tashkilot muntazam ravishda TQ faoliyatida ishtirok etmasa (ketma-ket uch marotabadan ko‘p), asosli sabablarsiz ishlab chiqilayotgan standartlar yuzasidan ovoz bermasa yoki TQ nizomida belgilangan boshqa tartib-taomillarga rioya qilmasa, kotibiyat unga ogohlantirish yuborish huquqiga ega. Agar ogohlantirishdan so‘ng bir yil davomida TQga a’zo tashkilot o‘zining majburiyatlarini tegishli bo‘lmagan ko‘rinishda bajarishda davom etsa, u ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish yo‘li bilan TQ tarkibidan chiqarib tashlanishi mumkin.

TQning mas’ul kotibi qabul qilingan qaror haqidagi axborotni Institutga yuboradi.

34. TQ tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishda TQga a’zo — tashkilot chiqish sanasidan kamida ikki oy oldin TQ kotibiyatini ogohlantirishi kerak.

TQning mas’ul kotibi ushbu axborotni Institutga yuboradi.

35. TQ tarkibidagi o‘zgarishlar (qo‘shilish, chiqarib tashlash, chiqish) Agentlikning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, nusxasi TQga va Institut kotibiyatiga yuboriladi.




Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling