O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish


Download 292.26 Kb.
bet17/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
VMQ 220

3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish

13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.

14. TQ faoliyatini ta’minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.

TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi.

15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:

TQ faoliyatining tegishli sohasida o‘qigan va ish tajribasiga ega bo‘lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar;

zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari;

hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.

16. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‘rsatuvchi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishida ishtirok etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining namunaviy ish dasturi loyihasiga va TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq kodlar bilan standartlashtirish obyektlarini o‘z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yuboradi.

17. Manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma’lumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.

18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi:

TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‘lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari;

TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste’molchilar) bo‘lgan tashkilotlar;

TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste’molchilari (buyurtmachilari) bo‘lgan tashkilotlar;

iste’molchilarning jamoat birlashmalari;

ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari;

Institut;

muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.

19. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtiradigan tashkilot TQ faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor shaxslar vakillarining tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazadi, unda standartlarning davlatlararo tasniflagichi kodlari bilan standartlashtirish obyektlari, TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi, TQning ish dasturi ko‘rsatilgan holda TQ faoliyati sohasi ma’qullanishi kerak hamda rais, rais o‘rinbosar(lar)i va mas’ul kotib lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatiladi.

O‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilish natijalariga ko‘ra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi.

TQni tuzish to‘g‘risidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.

TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi TQ raisi lavozimiga taklif etiladigan vakil tashkilotning boshlig‘i (rahbar o‘rinbosari) va TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari) bilan kelishilishi kerak.

20. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi (qog‘oz va elektron tashuvchi) bilan TQni tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish haqida ma’qullangan materiallarni, TQning ish dasturini, TQ tarkibini (TQga a’zo tashkilotlar ro‘yxati) Institutga yuboradi.

21. Institut Agentlikning TQni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasini bir haftalik muddatda tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etadi, unda TQning nomi mavjud bo‘ladi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.

22. Agentlik bir hafta muddatda buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini Institut va TQ kotibiyatiga yuboradi.

23. Identifikatsiya va hisoblash maqsadlari uchun tuzilgan TQga “STQ” (Standartlashtirish texnik qo‘mitasi) harflaridan, identifikatsiya (tartib) raqami va TQ nomidan tashkil topgan belgilar beriladi.

Identifikatsiya (tartib) raqamlari Agentlik tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

TQni ro‘yxatga olish tartib raqami;

TQ nomi;

qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi;

TQ faoliyati sohasi;

TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi.

24. Har bir quyi qo‘mita o‘z identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega bo‘ladi. Quyi qo‘mitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qo‘mita raqami va uning nomini o‘z ichiga oladi.

Quyi qo‘mitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qo‘mitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qo‘mitaga berilmaydi.

25. TQ to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi.

26. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda;

TQ faoliyati sohasida o‘n ikki oy davomida ishning mavjud emasligi;

ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish;

TQga a’zo — tashkilotlarning soni beshtadan kamayganda;

TQ faoliyatining samaradorligini baholashning salbiy natijalari.

TQ faoliyatining to‘xtatilishi TQ yig‘ilishi bayonnomasini taqdim etish yoki Institut taklifiga binoan Agentlikning qarori bilan rasmiylashtiriladi

27. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi.


Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling