76. To’g’ri to’rtburchakning simmetriya o’qlari x=4 va y=3. Uning uchlaridan biri A(7;5) qolgan uchlarining koordinatalarini toping.
77. Uchburchakning uchlari A(–2;1), B(1;5) va C(4; –2) nuqtalarda yotadi. Koortinatalar boshiga nisbata berilgan uchburchakka simmetrik bo’lgan uchburchakning koordinatalarini toping.
78. Radiuslari teng ikkita aylana berilgan. Berilgan aylanalarning simmetriy markazini toping.
79. To’g’ri mulohazani ko’rsating: 1) o’q simmetriyasida ikkita mos kesmalar parallel;
2) markaziy simmetriyada ikkita mos nurlar yo’nalishlari qarama-qarshi 3) ixtiyoriy beshburchak simmetriya markaziga ega.
80. Har qanday burchakning nechta simmetriya o’qi bor?
81. To’g’ri mulohazani ko’rsating: 1) markaziy simmetriyada ikkita mos kesmalar parallel 2) o’q simmetriyasida ikkita mos nurlar yo’nalishdosh 3) biror oltiburchak simmetriya o’qiga ega.
82. B(5; –3), B1 – Oy o’qiga nisbatan B nuqtaga simmetrik nuqta, B2 esa Ox o’qiga nisbatan B1 nuqtaga simmetrik nuqta. B2 nuqtaning koordinatalarini toping.
83. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to’g’ri?
1)To’g’ri to’rtburchakning ikkita simmetriya o’qi bor, ular uning diagonallaridir; 2) To’g’ri to’rtbuchakning ikkita simmetriya o’qi bor, bu uning tomonlariga o’tkazilgan o’rta perpendikulardir. 3) To’g’ri to’rtburchakning to’rtta simmetriya o’qi bor. 4)1- , 2- , 3- mulohazalar noto’g’ri.
84. Har qanday kesma nechta simmetriya o’qiga ega?
85. A(–2;3), A1 nuqta Ox o’qiga nisbatan A nuqtaga simmetrik, A2 esa Oy o’qiga nisbatan A1 nuqtaga simmetrik nuqta, A2 nuqtaning koordinatalarini toping.
Javoblar:
1. 1:2 2. O’zgarmaydi 3. 3:5; 5:2
Do'stlaringiz bilan baham: |