P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Jahon dehqonchiligi geografiyasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
19-§. Jahon dehqonchiligi geografiyasi
Qishloq xo‘jaligi, tovar va iste’mol qishloq xo‘jaligi, donli ekinlar, moy-
li ekinlar, ildizmevali ekinlar, texnik ekinlar.
Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
ishlab chiqarish tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotda qishloq xo‘jaligining ahamiyati ancha pasaygan bo‘lishiga 
qaramay, jahonning ko‘p sonli rivojlanayotgan davlatlari uchun u aso-
siy xalqaro ixtisoslashuv sohasi bo‘lib qolmoqda. Jahon bo‘yicha hozirgi 
paytda, taxminan, 1,4 mlrd. kishi qishloq xo‘jaligi sohasida band. 
Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri, uning tabiiy iqlim 
sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti 
ko‘p jihatdan jahon davlatlari qishloq xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashuvini 
belgilaydi. Shu sababli, qishloq xo‘jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy 
joylashish holati turlicha bo‘ladi. Ushbu tarmoq rivojlanishiga tabiiy iqlim 
sharoitidan tashqari, iqtisodiy-ijtimoiy sharoit (qishloq xo‘jaligiga kapital 
qo‘yilmalar jalb etish, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati) hamda 
aholining milliy-diniy tarkibi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


56
10-jadval
Jahon davlatlari YIMda qishloq xo‘jaligining salmog‘i (2017-y., %)
YIMda qishloq 
xo‘jaligi salmog‘i 
yuqori bo‘lgan 
davlatlar
Qishloq 
xo‘jaligining 
YIMdagi 
salmog‘i, %
YIMda qishloq 
xo‘jaligi salmog‘i past 
bo‘lgan davlatlar
Qishloq 
xo‘jaligining 
YIMdagi 
salmog‘i, %
Liberiya
77
Monako
0
Somali
65
Qatar
0,1
Gvineya-Bisau
62
San-Marino
0,1
Kongo DR
55
Kuvayt
0,3
MAR
55
Lyuksemburg
0,4
Ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko‘ra, qishloq xo‘jalik 
tarmoqlari ikki guruhga: dehqonchilik (ziroatchilik) va chorvachilikka 
bo‘linadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish xu-
susiyatiga ko‘ra, ikki tur ajratiladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling