P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130

Mintaqalar
Chorvachilikning ixtisoslashgan tarmoqlari
1
Yevropa
2
Osiyo
3
Afrika
4
Shimoliy Amerika
5
Janubiy Amerika
6
Avstraliya va Okeaniya
3. Quyidagi davlatlar orasidan qo‘ychilik rivojlangan davlatlarni ajratib ko‘rsating:
a) Hindiston; b) AQSH; c) Avstraliya; d) Xitoy; e) Braziliya; f) Rossiya.
21-§. Jahon transporti
geografiyasi
Transport, quruqlik transporti, avtomobil transporti, quvur transporti, 
temiryo‘l transporti, havo transporti, dengiz transporti, daryo transporti.
Ma’lumki, transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ishlab chi-
qarish va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab 
turadi. Shu bilan birga u davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvini 
ta’minlab, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining «qon 
tomiri» deb ham nomlashadi. FTI transportning yanada rivojlanishiga, 
uning yangi turlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Transport tarmoqlari 
rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, may-
doni, hududining o‘zlashtirilganligi kabi omillar bilan bog‘liq. 
Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos 
tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Ular quruqlik (temiryo‘l, avtomobil va qu-
vur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi.
Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u XX asr-
da keng rivojlandi. Mazkur transport turida «eshikdan-eshikkacha» olib 
borib qo‘yish imkoniyatining mavjudligi uning eng ommabop transport 
turiga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarning jahon bo‘yicha
umumiy uzunligi 28 mln. km dan ortiq bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichga 
ko‘ra AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar yetak chi - 
lik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


62
umumiy soni 1 mlrd.dan ortiq bo‘lib, ularning katta qismi rivojlangan 
davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Temir yo‘l transporti sanoat inqilobi davrida paydo bo‘lgan, FTI
yutuqlari natijasida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan quruqlik trans-
port tarmog‘iga aylandi. Katta miqdordagi sanoat va qishloq xo‘jaligi 
yuklarini uzoq masofalarga yetkazib berish xususiyatiga ega ekanligi 
bilan ajralib turadi. Temir yo‘llar umumiy uzunligi jahonda, taxminan, 
1,2 mln. km bo‘lib, AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada davlatlari 
bu borada peshqadam hisoblanadi. 
Rivojlanayotgan davlat (Hindiston) Rivojlangan davlat (Yaponiya)  
19-rasm
. Jahon davlatlari temir yo‘l transportidagi tafovutlar.
Quvur transporti suyuq, gazsimon ko‘rinishdagi yuklarni uzoq masofa-
ga yetkazib berishga mo‘ljallangan transport tarmog‘i hisoblanadi. Unda, 
asosan, tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlarini tashish jarayoni amalga 
oshiriladi. U tannarxning pastligi, yuklarni bir maromda kerakli man-
zilga yetkazib bera olish imkonining borligi hamda atrof-muhitga salbiy 
ta’sirning pastligi bilan ajralib turadi. Gaz va neft quvurlarining umumiy 
uzunligi 2 mln. km ga yaqin bo‘lib, ularning asosiy qismi neft-gaz qazib 
oluvchi davlatlar hududiga to‘g‘ri keladi. Neft quvurlari uzunligi bo‘yicha 
AQSH, Rossiya, Kanada, Xitoy, Saudiya Arabistoni, gaz quvurlari uzunligi 
bo‘yicha esa AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar 
yetakchilik qiladi. 
Suv transporti – transportning tabiiy (daryolar, ko‘llar, dengizlar, oke-
anlar) va sun’iy suv yo‘llari (kanallar, suv omborlari) orqali yuklar va 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


63
yo‘lovchilar tashiydigan turi hisoblanadi. U dengiz va daryo transporti 
turlarini o‘z tarkibiga birlashtiradi. 
Dengiz transporti xalqaro savdoning deyarli 80 % ini amalga oshiradi. 
Dengiz yo‘llari orqali, asosan, katta miqdordagi suyuq, quruq, sochma 
ko‘rinishdagi yuklar tashiladi. Dengiz transportida yuk tashuv ishlari den-
giz savdo floti tomonidan amalga oshiriladi. Yuk tashish hajmiga ko‘ra 
Panama, Liberiya, Marshall orollari, Gretsiya kabi davlatlarning flotlari 
yetakchilik qiladi.
Asosiy dengiz yo‘llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ular-
ni iste’mol qiluvchi davlatlar o‘rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, 
Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo‘jalik 
xomashyolari Yevropa, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Shimoliy Amerika 
mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xo‘jalik uchun turli iste’mol mah-
sulotlari dunyoning barcha hududlariga yetkazib beriladi. Dengiz trans-
portida umumiy yuk tashish hajmining 60 % i Atlantika okeani hissasiga 
to‘g‘ri keladi. Dengiz transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi 2 mingdan 
ortiq portlar mavjud bo‘lib, Shanxay, Singapur, Rotterdam portlari ular 
orasida yuk qabul qilish hajmiga ko‘ra yetakchilik qiladi.
Dengiz transporti rivojiga xalqaro kanallar va dengiz bo‘g‘izlari katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro kanallar orasida Suvaysh va Panama kanallari-
ning ahamiyati juda katta. Ular qit’alar orasidagi masofalarning qisqari-
shiga imkoniyat beradi. Dengiz bo‘g‘izlari orasida eng ko‘p kemalarni 
o‘tkazadiganlari La-Mansh, Eresunn (Zond), Gibraltar, Xormuz, Malakka, 
Bosfor bo‘g‘izlaridir.
Ichki suv transporti daryo, ko‘llar hamda kanallar yordamida davlatlar-
ning ichki hududlariga yuk va yo‘lovchi tashishni amalga oshiradi. Daryo 
va ko‘l transporti yo‘llarining uzunligiga ko‘ra jahonda Rossiya, Xitoy, 
AQSH, Braziliya, Kanada yetakchilik qiladi. Ichki suv transportidan foy-
dalanishda yirik daryo, ko‘l hamda kanallarning ahamiyati katta. Bunday 
daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va 
boshqalar kiradi. Ular bilan bir qatorda kemalar qatnovida Qirg‘oqbo‘yi 
(AQSH), Buyuk (Xitoy), Volga-Boltiq (Rossiya), Reyn-Mayn-Dunay (Ger-
maniya) kanallaridan foydalaniladi.
Havo transporti yo‘lovchilar, pochta va boshqa turli yuklarni tez-
lik bilan tashiydigan jahondagi eng tez va qimmat transport tarmog‘i
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


64
hisoblanadi. Jahon bo‘yicha havo transportida yo‘lovchi tashish miqdo-
ri yildan yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda jahon yo‘lovchi tashish 
miqdorining 20% ga yaqini ushbu transport tarmog‘iga to‘g‘ri kelmoq-
da. Xalqaro aloqalar so‘nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimo-
liy Amerika davlatlari o‘rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 
Atlantika okeani ustida bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq havo laynerlari 
har ikki tomonga qarab harakatda bo‘ladi. Mazkur transport tarmog‘ining 
rivojlanishida aeroportlarning o‘rni juda katta. Yo‘lovchilarni qabul qilish 
miqdoriga ko‘ra Atlanta (AQSH), Pekin (Xitoy), Dubay (BAA) aeroport-
lari peshqadam hisoblanadi.
1. Qaysi transport tarmog‘i jahon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi?
2. Fan-texnika inqilobi transport rivojlanishida qanday ahamiyatga ega?
3. Dengiz transportining tez sur’atlarda rivojlanishiga nimalar sabab bo‘ldi?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling