P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
21-rasm
Bosfor bo‘g‘izi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


69
monarxiya boshqaruv shakliga ega. Yevropadagi respublikalarning katta 
qismi parlamentar respublikalar hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy jihatdan Yevropadagi 6 ta davlat federativ tuzilishga 
ega – Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Rossiya, 
Shveysariya.
Yevropa qit’asi 4 ta subregionga bo‘linadi: Shimoliy Yevropa, G‘arbiy 
(O‘rta) Yevropa, Janubiy Yevropa va Sharqiy Yevropa. 
1. Yevropa va Osiyoning chegarasi qanday geografik obyektlar orqali o‘tkaziladi?
2. Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi shakllanishida XX asrdagi qaysi tarixiy 
jarayonlar katta ta’sir ko‘rsatgan?
3. Yevropa davlatlari hududiy kattaligi jihatidan qanday xususiyatga ega?
4. Atlasdagi jahonning siyosiy xaritasi yordamida Yevropadagi yosh mustaqil 
davlatlardan quruqlik ichkarisida joylashganlarini aniqlang.
24-§. Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi
Yoqilg‘i-energetika, agroiqlimiy, o‘rmon resurslari, tug‘ilish, aholining 
tabiiy kamayishi, aholi qarishi, migratsiya, aholi zichligi, megalopolis, 
katoliklar, protestantlar, pravoslavlar.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishiga tabiiy sharoitining ma’lum xususiyatlari ta’sir ko‘rsatgan. 
Bunday tabiiy geografik omillar qatoriga nisbatan iliq va nam iqlim
transport sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘ tizmalarining kamligi, 
suv va o‘rmon resurslarining yetarliligi, dengiz portlarini qurish uchun 
qulay qirg‘oqbo‘yi hududlarning ko‘pligini kiritish mumkin.
Yevropada yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, 
neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar yirik konlari mavjud. Toshko‘mir-
ning yirik konlari Germaniya, Rossiya va Ukrainada ochilgan. Qo‘ng‘ir 
ko‘mirning yirik konlari Germaniya, Chexiya va Polshada joylashgan. 
Yonuvchi slaneslarning katta zaxiralari Estoniyada mavjud. Yevropada 
neft va tabiiy gazning asosiy zaxiralari Rossiyaning turli hududlari ham-
da Shimoliy va Norvegiya dengizlari sayozliklarida ochilgan. Bu yerda-
gi neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya, Norvegiya va
Niderlandiyaga tegishli.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


70
Temir rudalarining yirik konlari Rossiya, Ukraina, Shvetsiya, Fransiya 
va Germaniyada joylashgan. Polsha, Bolgariya, Ruminiyada mis-molibden 
konlari, Fransiya va Gretsiyada boksit, Italiya, Ispaniya, Ukrainada simob 
rudalarining yirik zaxiralari mavjud. 
Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. 
Qit’a tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun, umuman ol-
ganda, qulay hisoblanadi. Bu jihatdan G‘arbiy va Janubiy Yevropa Shimo-
liy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o‘tish lozim. Janubiy Yevropa 
mamlakatlarida iqlim sharoitining birmuncha qurg‘oqchilligi tufayli sun’iy 
sug‘orish ancha keng tarqalgan.
Yevropa o‘rmon resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Bu borada,
ayniqsa, Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya alo-
hida ajralib turadi.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling