P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Iqtisodiyoti. Tojikistonga Markaziy Osiyo davlatlari orasida ijtimo-
iy-iqtisodiy rivojlanishning nisbatan pastroq ko‘rsatkichlari xos bo‘lib, 
iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega. 
Tojikiston sanoatining yetakchi tarmoqlari rangli metallurgiya, tog‘-
kon, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoatdir. Tojikistonning eng 
katta sanoat korxonasi Tursunzoda shahridagi Tojikiston alyuminiy za-
vodi (47-rasm). Bu korxona Rossiyadan keltiriladigan xomashyo asosida 
yirik GESlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan foydalangan holda 
faoliyat ko‘rsatadi. Alyuminiy Tojikiston eksportining tarkibida yetakchi 
o‘ringa ega. Elektr energetikasi GESlarga tayanadi. GESlar orasida Vaxsh 
daryosidagi Norak GESi alohida iqtisodiy ahamiyatga ega (47-rasm). Yen-
gil sanoat tarmoqlari orasida to‘qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb 
etadi.
47-rasm.
Tojikistonning muhim iqtisodiy obyektlari – Vaxsh daryosidagi Norak 
GESi (chapda) va Tursunzoda shahridagi Tojikiston alyuminiy zavodi (o‘ngda).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


109
Tojikistonda dehqonchilikning asosiy 
tarmoqlari donchilik, paxtachilik, bog‘-
dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Pax-
ta va turli mevalar respublikaning mu-
him eksportbop mahsulotlari hisoblanadi. 
Sug‘orma dehqonchiligi tog‘ oralig‘idagi 
vodiylarida yaxshi rivojlangan, ammo hu-
dudining aksariyat qismini tog‘lar egalla-
gani hamda aholi zichligining yuqoriligi 
haydaladigan maydonlarning taqchilli-
gini keltirib chiqarmoqda. Tog‘-yaylov chorvachiligi qoramolchilik va 
qo‘ychilikka ixtisoslashgan. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari qatorida pilla-
chilik ham katta ahamiyatga ega.
1. Tojikiston iqtisodiy geografik o‘rnining xususiyatlari bilan Markaziy 
Osiyodagi qaysi davlatga o‘xshaydi? Buning sabablarini izohlang.
2. Tojikistonning energetikasi qaysi tabiiy resurslarga tayanadi? 
3. Tojikistonda aholining hududiy joylashuviga qanday omillar katta ta’sir 
ko‘rsatgan? Mamlakatda yer resurslari taqchilligi muammosi sabablari 
nimalardan iborat?
4. Alyuminiy rudalari qazib olinmaydigan Tojikistonda yirik alyuminiy zavodi 
qurilganligining asosiy iqtisodiy geografik omilini tushuntiring.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling