P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
49-rasm. 
Turkiya aholisining zichligi (km
2
/kishi).
Aholisining etnik tarkibida turklar ko‘pchilikni tashkil etadi (75 % 
dan ortiq). Mamlakat janubi-sharqida jami aholining 15 % idan ko‘proq 
qismini tashkil etadigan kurdlar istiqomat qiladi. Asosiy din islom dini 
hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Turkiya YIM hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 20 ta 
davlatlari qatoriga kirib, yirik sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqari-
shiga ega. Sanoatning xalqaro ixtisoslashuvini to‘qimachilik, tikuvchilik, 
charm-poyabzal, avtomobilsozlik, elektrotexnika, kon-metallurgiya, quri-
lish materiallari, oziq-ovqat, farmasevtika kabi tarmoqlar belgilaydi. Bun-
day ixtisoslashuv mehnat resurslari, xomashyo, tashqi savdo aloqalari va 
transport omillarining ta’sirida shakllangan. Sanoat, asosan, mamlakatning 
g‘arbida yaxshi rivojlangan, ichki hududlar esa agrar iqtisodiyotga ega. 
Agroiqlimiy va suv resurslariga boy Turkiya turli qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini (meva, yong‘oq, uzum, sabzavot, choy, shakarqamish
zaytun, tamaki, paxta) yetishtirish bo‘yicha jahon miqyosida alohida 
ajralib turadi. Turkiya jahonda agrar mahsulotlarining eng yirik eks-
portyorlaridan biridir.
Turkiya hududi tabiiy va tarixiy-madaniy rekreatsion resurslariga, no-
yob yodgorliklarga boy (50-rasm), shuning uchun ham uning iqtisodiyotida 
turizm juda katta ahamiyatga ega. Turkiya eng ko‘p xorijiy sayyohlarni 
qabul qiladigan jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri hisoblanadi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


113
50-rasm.
Turkiyaning mashhur tarixiy yodgorliklari: Istanbuldagi Ayo-Sofiya maj-
muasi (chapda) va Izmir yaqinidagi qadimgi Efes shahrining vayronalari (o‘ngda).
1. Turkiyaning iqtisodiy geografik o‘rni qanday xususiyatlarga ega va uning 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri qanday?
2. Turkiya sanoatining yetakchi tarmoqlari qaysi?
3. Turkiyada turizm rivojlanishi uchun qanday sharoit va resurslar mavjud?
4. Mamlakat aholisi joylashuvidagi hududiy tafovutlarni izohlang.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling