P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
74-rasm. 
Singapur porti.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


140
49-§. Afrikaning geografik o‘rni va siyosiy xaritasi
Qit’a, materik, Gibraltar bo‘g‘izi, Suvaysh kanali, mustamlaka, «Afrika 
yili», Sahroyi Kabir, cho‘llashish, Saxel.
Afrika qit’asi shu nomdagi materik va 
unga tutash orollardan iborat. Qadimgi fi-
nikiyaliklar «afarik» so‘zi bilan Karfagen-
dan g‘arbda yashovchi qabilalarni ataganlar 
(«afar» so‘zi finikiyaliklar tilida «chang» 
ma’nosini anglatgan). Rimliklar Karfagen 
va uning atroflarini bosib olganlaridan 
so‘ng bu hududga Afrika nomini berdilar. 
Keyinchalik esa bu nom butun materik va 
qit’aga nisbatan qo‘llana boshlagan.
Afrikaning orollar bilan birgalikdagi 
maydoni 30,3 mln. km

ni tashkil etadi.
Afrikaning o‘rtasidan ekvator chizig‘i, 
g‘arbidan esa bosh meridian o‘tgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham 
Janubiy, ham Sharqiy, ham G‘arbiy yarim sharlarda joylashgan (75-rasm). 
Afrika qirg‘oqlari shimolda O‘rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil den-
giz, sharqda Hind okeani, g‘arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. 
Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob bo‘g‘izi Afrikani Osi-
yodan, O‘rta dengiz va Gibraltar bo‘g‘izi esa Yevropa qit’asidan ajratadi 
(76-rasm).
Afrika qit’asi orol va yarimorollar ozligi bilan ajralib turadi. Uning 
tarkibiga Hind okeanidagi Madagaskar (sayyoramizdagi orollar orasida 
maydoni jihatidan 4-o‘rinda turadi), Maskaren, Komor, Seyshel orollari
Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo 
Yelena va boshqa orollar kiradi. Yagona yirik yarimoroli Somali hisob-
lanadi.
75-rasm.
Afrika qit’asi.
7-BOB. AFRIKA, AVSTRALIYA 
VA OKEANIYA, AMERIKA 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling