P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
50-§. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi
Aholi zichligi, tabiiy ko‘payish, urbanizatsiya, janubiy yevropeoidlar, neg-
roidlar, aholining etnik va diniy tarkibi, xomashyoni yetkazib beruvchi 
xo‘jalik tarmoqlari, yakkahokim ekin.
Afrika aholi soni bo‘yicha Osiyodan keyingi qit’a hisoblanib,
2018-yil holatiga ko‘ra, u yerda 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu 
jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi.
Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib tu-
radi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko‘ra, salkam 196 mln. ki shiga teng 
bo‘lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o‘rin hisoblanadi. E’tiborlisi, 
Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo‘yicha 14-o‘rinda turadi, 
xolos.
Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o‘rinlarni Efiopiya 
(107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi 
(84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respub-
likasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.).
Afrika aholisi qit’a bo‘yicha notekis joylashgan (78-rasm). Bunga tabiiy 
omillar, ayniqsa, iqlim va suv resurslari katta ta’sir ko‘rsatgan. Nil vodiysi 
va deltasi, O‘rta dengiz va Gvineya qo‘ltiqbo‘yi hududlari, Sharqiy Afri-
kaning tog‘ oralig‘idagi botiqlari va JARning sanoatlashgan rayonlarida 
aholi zichligi eng yuqori darajaga ega. Ayni 
paytda, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi 
tropik cho‘llarda aholi zichligi o‘ta past.
Afrika aholisi eng yuqori sur’atlar bilan 
o‘sayotgan qit’a hisoblanadi. Jahon aholisi 
hozirgi vaqtda o‘rtacha yillik hisobda 1,2 % 
ga ko‘payib borayotgan bo‘lsa, Afrika-
da bu ko‘rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi. 
Afrikaning aksariyat davlatlariga tug‘ilish 
va tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari, 
o‘rtacha umr ko‘rishning nisbatan past 
ko‘rsatkichlari xos (12-jadval). Bu bora-
dagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya,

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling