P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
76-rasm.
Gibraltar bo‘g‘izining 
Yevropadagi qirg‘og‘idan Afrika 
qirg‘og‘ining ko‘rinishi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


142
ruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta 
davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Ni-
ger, Mali, Efiopiya, Zambiya, Botsvana,
Janubiy Sudan kabi yirik davlatlar bor. Efi opiya 
jahonning quruqlik ichkarisida joylashgan
44 ta davlatlar orasida aholi soni bo‘yicha 
yetakchisi hisoblanadi. 
Afrika davlatlaridan 51 tasi respublika,
3 tasi (Marokash, Svazilend (Esvatini), Le-
soto) monarxiya boshqaruv shakliga ega. 
Ma’muriy-hududiy jihatdan Afrikadagi 6 ta 
davlat – Nigeriya, Efiopiya, Sudan, Janubiy 
Sudan, Somali, Komor orollari – federativ 
tuzilishga ega.
Afrika davlatlari boy va xilma-xil tabiiy resurslari, ayniqsa, mineral 
boyliklari bilan ajralib turadi. Neft va tabiiy gaz zaxiralariga Nigeriya
Jazoir, Liviya, Angola, Gabon, Kongo davlatlari boy. Qit’ada eng katta 
ko‘mir zaxiralari bilan JAR ajralib turadi. JAR, Namibiya, Botsvana, Zam-
biya, KDR, Niger va boshqa ko‘plab Afrika davlatlari rangli, qimmatbaho 
va radioaktiv metallar, olmosning yirik konlari bilan mashhur.
Afrikada keng tarqalgan tabiat zonalari savanna, chalacho‘l, cho‘l ham-
da nam ekvatorial o‘rmonlar hisoblanadi. Shimoliy Afrikada sayyoramiz-
dagi eng yirik cho‘l – Sahroyi Kabir joylashgan. Uning janubiy chega-
rasi bo‘ylab cho‘zilgan Saxel deb ataluvchi chalacho‘l xususiyatli tabiiy 
geografik o‘lka jahon bo‘yicha aholisi va qishloq xo‘jaligi cho‘llashish 
jarayonidan eng jiddiy zarar ko‘rayotgan hudud hisoblanadi. Saxel Su-
dan, Chad, Niger, Mali, Mavritaniya kabi davlatlar hududini qamrab oladi 
(77-rasm).
1. Afrikaning geografik o‘rni uning tabiiy sharoitiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
2. Afrika siyosiy xaritasining tarixiy shakllanishi va zamonaviy holatining 
xususiyatlarini izohlang.
3. Afrika mamlakatlarining mustamlakachilik o‘tmishi ularning hozirgi kundagi 
rivojlanishiga qanday tarzda ta’sir ko‘rsatmoqda?
4. Saxel tabiiy geografik o‘lkasi qayerda joylashgan va qanday xususiyatlari 
bilan ajralib turadi?
77-rasm.
Cho‘llashish kuch-
li rivojlanayotgan Saxel 
o‘lkasining hududi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


143

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling