P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§.  Janubiy Afrika Respublikasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
51-§. 
Janubiy Afrika Respublikasi
Drakon va Kap tog‘lari, Veld platosi, tropik cho‘llar, subtropik iqlim, 
afrikanerlar, afrikaans tili, tog‘-kon sanoati.
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika 
qit’asining chekka janubiy qismida joylash-
gan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika, ja-
nubi-sharqda Hind okeani suvlari bilan yuvi-
ladi. JAR muhim va serqatnov xalqaro dengiz 
yo‘llari bo‘yida joylashgan. JARdagi Keyptaun 
shahri Janubiy yarim shardagi eng yirik port-
shaharlardan biri (79-rasm).
Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. 
Poytaxti – Pretoriya shahri. U yerda faqat pre-
zident va hukumatning qarorgohlari joylashgan, parlament Keyptaunda
Oliy sud esa Blumfonteyn shahrida faoliyat ko‘rsatadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. JAR hududining relyefi xilma-xil. 
Sharqiy qismida Drakon tog‘lari, janubida esa Kap tog‘lari joylashgan. 
Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlari Veld platosi bilan band, 
g‘arbiy hududlari esa tekislik relyefi bilan ajralib turadi. JAR yirik mineral 
boyliklarga ega davlat. Mamlakatda ko‘mir, marganes, xrom, uran, oltin, 
olmos, platina, vanadiy va turli nodir metallarning katta zaxiralari mavjud.
JARning markaziy va g‘arbiy hududlarida issiq va qurg‘oqchil tropik 
iqlim shakllangan. Mamlakat janubi va sharqidagi dengizbo‘yi hududlar-
da esa nam subtropik iqlim kuzatiladi. Mamlakatning qurg‘oqchil iqlimli 
qismida suv resurslari taqchilligi mavjud. 
Aholisi. JAR qit’a davlatlari orasi-
da aholi soni bo‘yicha 6-o‘rinda turadi. 
Aholi tabiiy ko‘payishi sur’atlari aksari-
yat Afrika davlatlariga nisbatan pastroq 
bo‘lib, yillik hisobda 1–1,2 % ga teng. 
JAR aholisi qo‘shni davlatlardan ko‘chib 
kelayotganlar hisobiga ham ko‘paymoqda. 
JARda urbanizatsiya darajasi 65 % ga 
teng va bu ko‘rsatkich Afrikadagi ko‘p 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling