P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Nigeriya Federativ Respublikasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
52-§. Nigeriya Federativ Respublikasi
G‘arbiy Afrika, Tropik Afrika, Gvineya qo‘ltig‘i, Niger deltasi, Lagos, 
xausa, yoruba, igbo, neft va neftni qayta ishlash sanoati.
Nigeriya Federativ Respublikasi G‘arbiy Af-
rikada joylashgan. Qirg‘oqlari janubdan Atlan-
tika okeanining Gvineya qo‘ltig‘i suvlari bilan 
yuviladi. 
Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. 
Nigeriya federativ davlat bo‘lib, 36 ta shtat va 
federal poytaxt hududidan iborat. Nigeriyaning 
shtatlari, asosan, etnik tamoyil asosida ajratib 
qo‘yilgan. Poytaxti – Abuja shahri – mamlakatning markazida joylash-
gan (81-rasm). 
Tabiiy sharoiti va resurslari. Nigeriyaning hududi Niger va Benue 
daryolari bilan relyefi jihatdan farq qiladigan ikki qismga bo‘linadi. Shi-
molda relyef, asosan, yassi tog‘liklardan iborat, mamlakatning janubiy 
qismi esa pasttekisliklar bilan band. 
Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi – uning neft zaxiralari. Neft 
konlari ko‘proq mamlakatning janubiy qismida joylashgan.
Mamlakat, asosan, subekvatorial va 
ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Yil bo‘yi issiq harorat saqlanadi. Yog‘in 
miqdori janubiy dengizbo‘yi hududlaridan 
shimolga tomon kamayib boradi. Ekvato-
rial iqlimli qismida yillik yog‘in miqdori 
3 000 mm atrofida. Doimiy va fasliy nam 
o‘rmonlar hamda savannalar Nigeriyaning 
asosiy tabiat zonalaridir.
81-rasm.
Abuja shahri.
Maydoni – 923,7 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 195,9 mln.
Poytaxti – Abuja.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


149
Nigeriyadagi daryolardan eng yirigi 
Niger daryosi hisoblanadi. U Gvineya 
qo‘ltig‘iga quyilishida katta deltani hosil 
qiladi. Niger deltasi mamlakatning mu-
him iqtisodiy rayoni hisoblanadi.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling