P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-rasm. Keyptaun shahri. Maydoni – 1219,9 ming km


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130
79-rasm.
Keyptaun shahri.
Maydoni – 1219,9 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 57,7 mln.
Poytaxti – Pretoriya.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


147
davlatlarga nisbatan ancha yuqori. Mam-
lakatning eng yirik shahri va iqtisodiy 
poytaxti Yoxannesburg hisoblanadi.
Janubiy Afrika Respublikasi aholisi-
ning salkam 80 % ini turli mahalliy millat 
va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Af-
rika davlatlaridan yevropaliklarning nis-
batan yuqori ulushi (10 % ga yaqin) bi-
lan ajralib turadi. Yevropaliklarning katta 
qismini afrikanerlar – XVII–XIX asrlarda ko‘chib kelgan gollandlarning 
avlodlari tashkil etadi. Ular niderland tili asosida shakllangan afrikaans 
tilida so‘zlashadi.
Mamlakatning shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va 
janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori bo‘lsa, g‘arbiy va 
shimoli-g‘arbiy cho‘l hududlarida aholi juda siyrak joylashgan.
Iqtisodiyoti. Janubiy Afrika Respublikasi qit’adagi iqtisodiy jihatdan 
eng rivojlangan davlat hisoblanadi. Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashi-
nasozlik, ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan.
Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga JARda tog‘-kon 
sanoati yuqori darajada rivojlangan. JAR ko‘mir, temir rudasi, marganes, 
oltin, platina, palladiy, olmos va boshqa mineral resurslarni qazib olish 
bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. JAR 
jahondagi eng yirik ko‘mir eksportyorlaridan biridir.
Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv rivoj-
langan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning taqchilligi bilan 
bog‘liq. Ammo, shunga qaramasdan, JARda dehqonchilik va chorva-
chilikning turli tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Dehqonchilikning 
eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Chor-
vachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik. 
JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i – tuyaqushlarni boqish ham 
rivojlangan (80-rasm).
JARning janubiy dengizbo‘yi qismida hamda mamlakat ichkarisidagi 
yirik shaharlarda turizm yaxshi rivojlangan. 
1. Janubiy Afrika Respublikasi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini 
baholang.
80-rasm.
Tuyaqush fermasi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


148
2. Mamlakat tabiiy sharoiti va resurslarining kuchli va kuchsiz tomonlarini 
aniqlang.
3. JAR Tropik Afrika mamlakatlaridan aholisining ko‘payishi va tarkibi 
jihatidan qanday farqlanadi?
4. JAR iqtisodiyoti qanday tarmoqlarga ixtisoslashgan? 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling