P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130
Aholisi. Nigeriya aholi soni bo‘yicha 
jahonda 7-o‘rinda turadi va u dunyoning 
10 ta peshqadam davlati orasida tabiiy 
ko‘payishning eng yuqori sur’atlari bi-
lan ajralib turadi. Nigeriya aholisi yiliga 
4–4,5 million kishiga ko‘paymoqda. 
Nigeriya aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Nigeriyada
6 ta «millioner» shahar mavjud. Gvineya qo‘ltig‘i sohilida joylash-
gan Lagos shahri nafaqat Nigeriya, balki butun Afrikadagi eng yirik 
shahar hisoblanadi (82-rasm). Lagos 1991-yilgacha mamlakat poytaxti 
bo‘lgan, lekin uning aholisi juda ko‘pligi sababli poytaxt Abuja shah-
riga ko‘chirildi.
Nigeriya Tropik Afrikadagi aksariyat mamlakatlar singari ko‘pmillatli 
davlat bo‘lib, aholisining etnik tarkibi 250 tadan ziyod mahalliy millat 
va elatlardan iborat. Eng yirik millatlari – xausa, yoruba va igbo (har 
biri jami aholining tahminan 20 % ini tashkil qiladi). Davlat tili – ing-
liz. Nigeriyaning shimoliy va g‘arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy va 
janubiy shtatlarida esa xristian dini ko‘proq tarqalgan. 
Aholi zichligi mamlakatda o‘rtacha hisobda 1 km
2
ga 200 kishidan 
ziyodroq bo‘lsa, qirg‘oqbo‘yi hududlarida bundan 3–4 barobar yuqoridir. 
Iqtisodiyoti. Nigeriya YIMning umumiy hajmi bo‘yicha Afrikada 
1-o‘rinda turadi, YIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori 
esa uncha yuqori emas – 6 000 AQSH dollari atrofida. Ammo bu Tropik 
Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan birmuncha balandroq ko‘rsatkichdir 
(mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 3 600 AQSH dollariga teng).
Mamlakat iqtisodiyotining asosi va davlat byudjeti daromadining bosh 
manbayi – neft eksporti. Neftni qazish va uni qayta ishlash sanoati 
Nigeriya sanoatining eng rivojlangan tarmog‘idir. Mamlakatda o‘rmon, 
to‘qimachilik, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati ham birmuncha rivoj-
langan.
82-rasm.
Lagos – Nigeriya va bu-
tun Afrikaning eng yirik shahri.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


150
Qishloq xo‘jaligi – aholi bandligining asosiy sohasi. Nigeriyada 
yeryong‘oq, makkajo‘xori, sholi, sorgo, tabiiy kauchuk, paxta, sholi, 
turli sabzavot va meva ekinlari yetishtiriladi. Qoramolchilik, qo‘ychilik, 
echkichilik, cho‘chqachilik Nigeriya chorvachiligining asosiy tarmoqlari 
hisoblanadi.
1. Nigeriya ma’muriy-hududiy tuzilishining federativ shakli qanday omil bilan 
bog‘liq?
2. Nigeriya poytaxtini Lagosdan Abujaga ko‘chirishning sababini tushuntiring.
3. Mamlakat janubida aholi zichligi shimoliy hududlariga nisbatan bir necha 
barobar kattaligining sabablarini izohlang.
4. Nigeriya iqtisodiy rivojlanishining Tropik Afrikadagi ko‘p davlatlarga 
nisbatan birmuncha yuqoriligi ishlab chiqarishning qanday tarmog‘i bilan 
bog‘liq?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling