P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
64-rasm.
Tokiodagi 
chorrahalardan biri.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


128
Iqtisodiyoti. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mam-
lakat. YIM ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hin-
distondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 
Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoq- 
lar – elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsoz-
lik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiya-
ning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga «Toyota», «Honda», 
«Sony», «Mitsubishi» va boshqalar kiradi.
Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami 
ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli 
sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.
Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. 
Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi «Sinkansen» tezyurar 
poyezdlari alohida e’tiborga sazovor (65-rasm). Yaponiyada ayrim orollar 
orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va 
Xokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km).
Yaponiyada turizm ham yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. 
atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik 
resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi (66-rasm).
65-rasm.
«Sinkansen» tezyurar 
poyezdi.
66-rasm.
Kioto shahridagi mashhur 
budda ibodatxonasi.
Xonsyu orolining sharqida 600 km masofada shakllangan Tinch okean 
sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan Yaponiyaning eng rivojlangan rayoni 
hisoblanadi. Kyusyu orolining janubi, Sikoku va ayniqsa, Xokkaydo oroli 
iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


129
1. 
Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rniga baho bering.
2. Yaponiya tabiiy sharoitining ijobiy va salbiy jihatlarini taqqoslang.
3. Yaponiya va Koreya Respublikasi o‘rtasida aholining tabiiy harakati, tarkibi 
va joylashuvida qanday o‘xshashlik va tafovutlar mavjud?
4. Yaponiyaning iqtisodiy qudratiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling