P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Hindiston Respublikasi


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
46
-§. Hindiston Respublikasi
Janubiy Osiyo, Himolay tog‘lari, Ganga daryosi, agroiqlimiy resurslar
etnik rang-baranglik, induizm, rivojlanayotgan mamlakat.
Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi 
eng yirik davlat, jahon mamlakatlari orasida 
maydoni bo‘yicha 7-, aholi soni bo‘yicha esa 
2-o‘rinda turadi (2018-y.). Hududi, asosan, Hin-
diston yarimorolida joylashgan bo‘lib, shimol-
dan janubga 3,2 ming km, g‘arbdan sharqqa 
2,9 ming km masofaga cho‘zilgan. Hindistonga 
Lakkadiv, Andaman va Nikobar orollari ham 
qarashlidir. Hindiston Yevropa va Osiyo mam-
lakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi 
iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi.
Hindiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Si-
yosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Hindiston federativ davlat hisoblanadi. 
Uning tarkibida 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Fede-
ratsiya birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Hindiston tabiiy sharoiti xilma-xil, ta-
biiy resurslariga ancha boy. Uning hududida sayyoramizdagi eng baland 
tog‘lar, qalin o‘rmonlar, savannalar bilan qoplangan parchalangan yassi 
tog‘liklar, bepoyon qumli cho‘llarni uchratish mumkin (67-rasm).
Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir, marganes, xrom, 
titan, uran, toriy rudalari, ko‘mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar zaxi-
ralari ancha kattadir. Hindistonning turli hududlari hamda dengiz sayoz-
liklaridan neft topilgan.
Maydoni – 3287,2 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 1371 mln.
Poytaxti – Dehli.
9 – Geografiya, 9-sinf
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


130
Himolay tog‘lari
Dekan yassitog‘ligidagi 
savanna
Tar cho‘li

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling