P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Tabiiy sharoiti va resurslari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
Tabiiy sharoiti va resurslari. Yaponiyada, u Tinch okean seysmik 
mintaqasida joylashganligi tufayli, zilzila va sunami tez-tez sodir bo‘ladi. 
Bu tabiiy xususiyat Yaponiya aholisining turmushiga katta ta’sir ko‘rsatadi, 
shuning uchun ham yaponlarga bolalik davridanoq favqulodda vaziyatlarda 
o‘zini to‘g‘ri tutish qoidalari o‘rgatiladi.
Mamlakat hududining 3/4 qismi tog‘ 
va qirlar bilan band. Yaponiyaning eng 
baland tog‘ cho‘qqisi – Fudziyama vul-
qoni – yapon xalqi uchun muqaddas qa-
damjo hisoblanadi (63-rasm). Tog‘liligi 
qishoq xo‘jalik yerlarining yetishmov-
chiligiga olib kelgan.
Yaponiya foydali qazilmalarga boy 
emas. Mamlakatda, asosan, yod (zaxirala-
63-rasm. 
Fudziyama vulqoni.
Maydoni – 377,9 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 126,5 mln.
Poytaxti – Tokio.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


127
ri bo‘yicha dunyoda 1-o‘rin), oltingugurt, 
shuningdek, oz miqdorda neft, tabiiy gaz, 
oltin, kumush va boshqa mineral resurslar 
qazib olinadi. Yerosti boyliklarining ozli-
gi Yaponiyani yoqilg‘i va metallarni eng 
ko‘p import qiluvchi davlatlardan biriga 
aylantirgan.
Yaponiya, asosan, mo‘tadil va subtro-
pik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqli-
mi, umuman olganda, musson shamollari 
ta’sirida shakllangan, unga yuqori darajadagi namlik xos. Yillik yog‘in 
miqdori 1700–4000 mm ga teng. Shuningdek, Yaponiya iqlimiga tayfun-
larning tez-tez takrorlanishi xos. 
Nam iqlimi tufayli Yaponiya hududi sersuv daryolarga boy bolib, ular-
dan sug‘orma dehqonchilik va gidroenergetikada keng foydalaniladi.
Aholisi. Yaponiya aholisi 126,5 mln. kishiga teng (2018-y.).
Yaponiyada tug‘ilishning o‘ta pastligi sababli aholining tabiiy kamayishi 
kuzatilmoqda. Meksika aholi soni bo‘yicha Yaponiyadan ilgarilab ketgani-
dan keyin, Yaponiya jahon mamlakatlarining birinchi o‘ntaligidan chiqdi.
Yaponiyada shahar aholisining ulushi 90% dan yuqori. Tokio dunyo-
ning eng katta shaharlaridan biri hisoblanadi, uning aglomeratsiyasida
30 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi (64-rasm). Poytaxtdan, tash-
qari Iokagama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto mamlakatning eng 
yirik shaharlari hisoblanadi. Xokkaydo orolida joylashgan Sapporodan 
boshqa barcha yirik shaharlar Xonsyu orolining janubi-sharqida joylash-
gan. Mamlakatning bu qismida bir nechta yirik shahar aglomeratsiyala-
rining tutashib ketganligi hisobiga jahondagi eng yirik megalopolislardan 
biri – Tokaydo shakllandi.
Yaponiya aholisining 98% dan ko‘pini yaponlar tashkil qiladi. Ularning 
asosiy dinlari – sintoizm va buddizm. Qiziqarli jihati shundaki, yaponlar-
ning aksariyati ham sintoizm, ham buddizm an’analariga rioya qiladilar.
Aholining joylashuviga mamlakat relyefi katta ta’sir korsatgan. Yapo-
niya aholisining asosiy qismi hududining 10 % ida yashaydi. Aholi eng 
zich darajada Kanto tekisligida joylashgan.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling