Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
PA TASHISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
PA TASHISH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
1. Umumiy qoidalar 1.1. PAni tashishda ularni yuklash va tushirish loyihaga ko‘ra to‘silgan, qurollangan soqchilar bilan qo‘riqlanadaigan, va portlatish ishlarini bajarish yoki rahbarlik qilish uchun ruxsat olgan, maxsus tayinlangan shaxslar kuzatuvi ostida, alohida ajratilgan va jihozlangan joyda (yuklash-tushirish maydonchasida) bajarilishiga ruxsat etiladi. PAni yuklashga (bo‘shatishga) aloqasi bo‘lmagan shaxslar maydonchalarga kiritilmasligi kerak. 1.2. Korxona tushirish joyiga keladigan barcha PAli o‘rinlar soni yuzasidan nazoratni ta’minlashi shart. 1.3. Korxonaning (tashkilotning) yuklash-tushirish maydonchasi quyidagi talablarga javob berishi zarur: - transport vositalarini yuklash (bo‘shatish) joyidan kamida 15 masofada tikonli simlar bilan to‘silishi kerak. To‘siqni balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak; - qorong‘i paytlarda turg‘un manbali elektr chiroqlar yoki konchilik akkumulyatorli yoritgichlar bilan yoritilishi kerak. Me’yoriy tayyorlangan biriktirib-ajragichlarni PAni yuklash (bo‘shatish) joyidan kamida 50 m masofaga qo‘yishga ruxsat etiladi; - yong‘inga qarshi zaruriy vositalar bilan ta’minlanishi kerak; - temir yo‘l stansiyalari (bandargoh va boshqalari), ichki ishlar organlari va o‘t o‘chirish xizmati bilan telefon aloqasiga ega bo‘lishi kerak. YUklash-tushirish maydonchasi “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Davyong‘innazorat va ichki ishlar organlari vakillari ishtiroki bilan korxona komissiyasi tomonidan foydalanishga topshiriladi. 1.4. PAni boshqa yuklar bilan birgalikda bitta vagonda, kemani yuk xonasi yoki palubasida, shuningdek aviavosita, avtomobil, arava va boshqa transport vositalarida tashish man etiladi, mazukr Qoidalarda ko‘rsatilgan va Tashish qoidalariga tegishli bo‘lgan hollar bundan mustasno. PAni temir yo‘l trasportida tashish “O‘zbekiston Respublikasi ћududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish qoidalari”ga rioya qilgan holda bajarilishi kerak. 1.5. Oraliq punktlarda alohida tushiriladigan PAni tashishda, har bir alohida manzilga jo‘natiladigan partiya boshqalaridan ajralgan holda mahkamlanishi lozim, toki keyinchalik harakatlanganda qolgan yuklar joyidan qo‘zg‘alib ketmasin. Transport vositasi sig‘imining bo‘sh maydoniga faqat belgilangan moslik guruhidagi PM, TV va NPA yoki boshqa PA gruhlarini qo‘shimcha yuklash uchun, birga tashishda yuklash shartlari va va me’yorlariga rioya qilingan holdagina ruxsat etiladi. 1.6. Qutilarni (xaltalar va shu kabilarni) tegishli PM, TV va NPA bo‘yicha standartlar (TU) talablariga muvofiq ravishda joylashtirish kerak, toki pastki qatordagilar yuklash paytida shikastlanmasligi kerak. Bunda PA o‘rinlari bir tekis joylashtirilishi va mahkamlanishi kerak, toki siltangan yoki chayqalganda aralashib ketmasin yoki bir-biriga, shuningdek trasport vositasi devoriga urilmasin. Yo‘lda yoki tushirish va qayta yuklash paytida idishlar shikastlansa, ular soz qutilarga (xaltalar va shu kabilarga) qayta joylashtirilgan bo‘lishi kerak. SHikastlangan idishda PAni tashish man etiladi. Omborda sinov uchun PAdan namuna olingan qutilarni (xaltalar va shu kabilarni) ombor plombasi bilan tashish zarur. Idishda qolgan PA massasi (miqdori) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Qatnash yo‘lida vagon, kema, avtomobil va shu kabilarni shoshilinch ta’mirlash zaruriyati bilan PA qayta yuklangan hollarda, qayta yuklashni tashish yuzasidan mas’ul kuzatuvchi shaxs qarori bo‘yicha xavfsizlik va PAni qo‘riqlashning zaruriy choralarini qabul qilish bilan uni rahbarligida bajarish zarur. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling