Pahta etishtiriladigan erlarning 0-70 ida zahob sathi m dan yuqori


Download 185.83 Kb.
bet3/5
Sana24.04.2023
Hajmi185.83 Kb.
#1394279
1   2   3   4   5
П м3 / га. m

Yuqorida qayd etilgan maydonchalarda bajarilgan tadqiqotlar asosida quyidagilarni aniqlash mumkin:

  1. G„o’za-g„alla don va makkajo’hori etishtirishda evapotranspiratsiyaga sarflangan suvning yalpi miqdori;

  2. Zahob, yog„ingarchilik va tuproqdan suv sarfi;

  3. Sug„orishda va sug„orishsiz sharoitda alohida tuproq yuzasidan va o’simliklar transpiratsiyasiga suv sarfi;

  4. O’simliklar rivojlanish pallalari bo’yicha suvning tuproq yuzasidan va o’simliklar transpiratsiyasiga sarfining o’zaro nisbati;

  5. Diffuziya jarayonida tuzlar harakatining miqdoriy qiymatlari.

Sho’rlangan erlar bir-biridan tuzlangan er osti suvlari sathi, sizob yuza yoki chuqur joylashganligi, tuproqlarning sho’rlanganlik darajasi bo’yicha hilma-hilligi, kollektor-yig„ma zovur shahobchasi mavjudligiga ko’ra farqlanadi. Shu bois bunday erlarda dala tajribalari o’tkazish uslubiga qat‟iy rioya qilinishi talab etiladi. Sho’rlangan erlarda o’tkaziladigan dala tajribalaridan qiyosiy natijalar olishga erishish uchun barcha variantlar dastlabki sho’rlanish bo’yicha bir-biriga yaqin, bir hil zahob sathi va sho’rlanganligi, kollektor- zovur va sug„orish
tarmoqlarining bir hil ta‟sir doirasida bo’lishi zarur.
Tajriba uchun paykal tanlash albatta, kuzda (sentyabr-oktyabr oylarida) amalga oshiriladi, chunki ziroatlar holati (agar tajribalar o’zlashtirilgan erlarda qo’yilayotgan bo’lsa) yoki tabiiy o’simliklar tarkibi va holati bo’yicha (agar tajriba yangi o’zlashtirilgan erlarda o’tkazilishi mo’ljallansa) tuproq sho’rlanish darajasi va bir tekisligi to’g„risida hulosa-tahlillar asos qilib olinishi kerak.
Agrotehnik tajribalarga barcha variantlar bo’yicha tuzlar tarkibi bir hil bo’lgan er tanlanib, kuzda bu joyda o’simliklar holati va sho’rlanish dog„lari bo’yicha sho’rlanish haritanomasi tuzilishi zarur.
Harita noma asosida tuproq va sizot namunalari olinadi, turli darajadagi sho’rlanish aniqlanadi va o’simliklar holatiga qarab sho’r yuvish me‟yorlari belgilanadi. Bu paykaldagi tuproq sho’rlanganligi tahminan birdek bo’lishiga imkon beradi.
Kuzda tajriba dalasida zahob sathini o’lchash quduqlari va suv sarfini o’lchash uchun o’lchagichlar o’rnatiladi.
Variantlarni shunday joylashtirish kerakki, yig„ma- zovur -kolektor- zovur va suv tarmoklarining ularga ta‟siri baravar va barchasida er osti suvi-sizob sathi tahminan birdek bo’lsin.
Tajriba dalasi zovur yoki kolletor bilan cheklangan va bu zovur yoki kollektordan ma‟lum masofada parallel ariq o’tgan bo’lsa, u qolda variantlar uchun tomoni bilan perpendikulyar yo’nalishda joylashtirilishi va variantlar boshi- ohirining zovur yoki ariqdan uzoqligi yozib qo’yilishi hamda ularga doimiy qoziqlar qoqilgan bo’lishi lozim.
Tajriba variantlari o‘tchami o’rganilayotgan omillarga bog„liq.
Tajriba dasturi bo’yicha amal va noamal davrlarida sug„orish tartibi barcha variantlarda bir hil bo’lsa, variantlar o’lchami huddi sizot sathi chuqur, sho’rlanmagan tuproqlardagidek bo’ladi.
Sug„orish tartibi, sho’r yuvish muddati va me‟yorlari o’rganiladigan tajribalarda har bir variariantga berilgan suv tajriba paykalida sizob sathini ko’taradi. Shuning uchun sho’r yuvish muddatlari uchun 0,5 ga, sug„orish tartibi va sho’r yuvish me‟yori o’rganiladigan variantlar maydoni 0,25 ga bo’lishi kerak. Variantning hisobli qisim markaziy qismining 0,1 ga maydonidan kam bo’lmasligi zarur.
Tajriba variantlari takrorlanishi 4 marta.
Sizob sathi chuqurroq (2-3m) bo’lganda variant maydoni 0,1 gacha kamaytirilishi mumkin. Sho’rlanish har hi bo’lganda tajriba variantlari takrorlanishi 6 va 8 martani tashkil etadi, ba‟zi hollarda juftlangan nazorat variantalri kiritiladi.
Kuzatuv va hisob-kitoblar tajribada dastur asosida qo’yilgan vazifalarga bog„liq holda bo’lishi kerak. Ammo sho’rlangan erlarda o’tkazilishi shart bo’lgan dala tajribalarida qanday meliorativ fonda o’tkazilishidan kat‟iy nazar tadqiqotlar tarkibi aniq, ular shuningdek, o’rganilayotgan omilllarning erlar meliorativ holati va ziroatlar hosildorligiga ta‟sirini belgilash imkonini beradi.
Sho’rlangan erlarda sho’r yuvish va sug„orishga ketgan suv sarfi hisoblanishi shart. Sho’r yuvish, shudgorlash muddatlari, chuqurligi, va tehnologiyasi, qator oralariga ishlov berish unumdorligi turlicha bo’lgan fondlarni haydash, shuningdek, o’g„itlarning turli me‟yorlari bilan o’tkaziladigan tajribalarda suv hisobi variantlar bo’yicha alohida olib boriladi.
Tajriba paykalini tavsiflash uchun tuproq tipi ko’rsatiladi, aeratsiya qatlami, mehanik va mikroagregat tarkibi, cheklangan dala nam sig„imi, zahob yuza va chuqur bo’lganda, tuproqning hajm va solishtirma og„irligi, suv o’tkazuvchanligi va g„ovakligi aniqlanadi.
Tajriba o’tkazish dasturlariga zahob sathi, tuproqning sho’rlanish tartibi va namligini kuzatish kabilar kiritilishi shart. Kuzatishlar hajmi qo’yilgan vazifalarga bog„liqdir.

Download 185.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling