Paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob-uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda


-r a s m. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy


Download 92.37 Kb.
bet6/8
Sana01.01.2023
Hajmi92.37 Kb.
#1074365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MB dan MI

1.26-r a s m. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentlari.

Tutri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish interfeysi dustona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni, u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.


Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralishdagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit;
ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hatti-harakat.
Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.
Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoida­lar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti - harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
Hisob – kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol uynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.
Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondashuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.
Bilimlar bazasini tasavvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.
Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasi­ni yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:

  • erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;

  • nisbatan mustaxkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;

  • tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.

Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligi-dir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar urnini bosa oladi, ammb ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun ba­shoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
Tashhislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalar-ning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lu-motlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordami-da etalon xatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi, tashhis qo‘yiladi.
O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga be­rilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatgi-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:

  • xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘lishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzil-asida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlash-rishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;

  • ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki mutaxassislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim ele-mentlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni kushish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;

  • echiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilim-larning uyg‘unlashuvi tufayli ishonch­siz natijalar olish mumkinligi.


Download 92.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling