[paleo] va λίθος [lithos]
Download 41.6 Kb.
|
Paleolit
PALEOLIT DAVRI
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintaqalarida ibtidoii odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davomida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-asrning 2yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va kazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar topilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng kad. odam — yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibo-ra bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5 — 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng kad. odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan. Oʻrta Osiyoda yashagan eng qadimgi odamlar pitekantrop va sinantroplarga za- mondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi. Download 41.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling