[paleo] va λίθος [lithos]


Download 41.6 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1519963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Paleolit

1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegarasida) hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsa-tadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning Turkmaniston deh-qonchilik markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to’rt bosqichga bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Fransiya olimlarini ham e’tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan.
Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10 ta tepalikdan iborat yodgorlikdir. Sarazm I eneolit davriga oid bo’lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil bo’yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.
Sarazm II so’nggi eneolit va ilk bronza asriga o’tish davriga mansub. Bu bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa bronza davriga mansub.
Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o’ralgan 48ta kulba, ya’ni paxsadan qurilgan uyni topib o’rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo’lib, ular yakka, kichik oilalarga mo’ljallangan. Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi o’choqlar topilgan. Bular – otashkadalar, jamoa olovi o’rni bo’lib, unda olov saqlangan. Otashkadalar e’tiqod markazi yoki joyi hisoblangan.
Yana bir eneolit va bronza davriga oid bo’lgan yodgorlik qoldiqlari Zamonbobo madaniyati nomi bilan mashhur. Arxeolog Ya.G’ulomov 1950 yil qadimgi qabriston qoldiqlarini topib, o’rganadi.
Ma’lumki, kishilik madaniyatining bir necha ming yillarni o’z ichiga oluvchi tarixi yozuv bo’lmagan davrga to’g’ri keladi. 5 ming yillik tarixiy davrdan ilgarigi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy jarayonlar moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklanadi. Eneolit mis-tosh davrining o’ziga xos tarixi, biz yuqorida keltirib o’tgan 5 madaniy jarayonda o’z aksini topgan. Eneolitning besh umumlashtiruvchi alomatlari bu davr qabilalari madaniyatining o’zidan oldingi davrlarga nisbatan bir bosqich yuqoriga ko’tarilganidan dalolat beradi.
Sarazm moddiy topilmalari ichida Shimoliy Afg’aniston, Eron, Kaltaminor madaniyatiga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalarining keng madaniy va iqtisodiy aloqalarda bo’lganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyoda eneolit yodgorliklari Turkmaniston hududlarida yaxshi o’rganilgan. Turkmanistonda eneolit 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi:
1. Ilk eneolit (Anov I, Nomozgoh I makonlari).
2. Rivojlangan eneolit (Anov II, Nomozgoh II).
3. So’nggi eneolit (Nomozgoh III).
Turkmaniston eneolit makonlaridan tosh qurollar (o’roq va pichoq qadamalar, qirg’ichlar, sopol idishlar geometrik shakllar bilan naqshlangan) topib o’rganilgan. Bu davr makonlarida uy joylar paxsa yoki g’ishtdan, dumaloq va to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan. Inshootlarning o’rtasida markaziy o’choq bo’lgan. U diniy marosimlar o’tkazish va e’tiqod joyi vazifasini o’tagan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar yerga, quyoshga, suvga, hosildorlikka sig’inishgan. Murdani ko’mishda urug’ a’zolarining saganalari paydo bo’lgan. Murdaning yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari qo’yilgan. Eneolitda ibtidoiy diniy tasavvur – totemizm hayvonlar haykallarini tarqalishida ko’zga tashlanadi.


Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling