[paleo] va λίθος [lithos]


Paleolit davri madaniyati


Download 41.6 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1519963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Paleolit

Paleolit davri madaniyati
Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so’nggi choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo’lganligini, turli davrlarda ikki qit’a – Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to’qnashadigan joy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bir tomondan, hozirgi O‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim-qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog‘liq hoida shakllanib taraqqiy etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta’sirlangan va aksincha. aks ta’sir etgan. O’zbek xalqi madaniyati tarixiga e’tibor bersak, qadim-qadimdan to sho’rolar zamoni davrlarigacha O‘rta Osiyo, Sharqiy Eron, Afg‘oniston va Sharqiy Turkiston xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bir-biriga ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, hozirgi kunimizda O‘rta Osiyoda yashayotgan o’zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq xalqlarining ham taqdiri bir-biri bilan bog‘liq bo’lib, ularning tillari, turmush tarzi va mafkurasi bir xil geografik, iqlim va tarixiy muhit ta’sirida shakllangan. Mazkur xalqlar madaniyatining shakllanish jarayoni ibtidoiy davrlardayoq o‘zaro aloqada bo‘lgan.

ENEOLIT DAVRI
Enolit – lotin va yunoncha so’zlaridan yasalgan bo’lib, «alneus» - lotincha mis, «litos» - yunoncha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga “Xalkolit” (“xalkos” yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Yevropa va Osiyoning ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metalldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo’jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. 

Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling