Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari


Download 61.5 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1579300
1   2   3   4
Bog'liq
1353212917 39905

Oromiy Yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda So`g`d Yozuvi shakllandi,bu Yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal`ai Mug`dan (1932 yil topilgan,74 ta so`g`dcha,2 ta Xitoycha,2 ta Arabcha,1 ta Turkcha),SHarqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Xorazm Yozuvi kelib chiqqan.Bu Yozuvning mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal`adan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo`yqirilganqal`adan topilgan.
So`g`d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston Yozuvi shakllangan,bu Yozuv ko`ndalangiga chapdan o`ngga qarab bitilgan.
So`g`d Yozuvi asosida Turk Yozuvi shakllangan,bu Yozuv fanda ko`k turk yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o`rganila boshlangan.Sibir,Mo`g`iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O`rta Osiyo (Farg`ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo`lgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Kushon (bu Yozuv burchakli, to`trburchakli va aylana shaklda bo`lgan)Baqtriya Yozuvi shakllangan,bu Yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Baqtriya Yozuvi , Baqtriya Yozuvidan esa Eftaliylar Yozuvi (25 harfli) shakllangan.
So`g`d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida yana bir Yozuv Uyg`ur Yozuvi kelib chiqqan,Uyg`ur Yozuvidan Manjur hamda Mo`g`ul Yozuvlari shakllangan.
Hozirgi kunda er yuzida 5 ta Yozuv asosida tuzilgan Yozuv sistemalari tarqalgan :


1.Lotin Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi.
2. Fonetik Arab Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining –10 % ga yaqini foydalanadi.
3.Slovyan – Krill Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 10 % ga yaqini foydalanadi.
4.Grafik – Xitoy Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 25 % ga yaqini foydalanadi.
5.Bo`g`inli – Hind Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 20 % ga yaqini foydalanadi.

Epigrafika Yunoncha epi va grafika so`zlaridan olingan bo`lib, “buyumga yozilgan” degan ma`noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga biilgan qadimgi va o`rta asr Yozuvlarini urganuvchi fandir. Uyg`onish davrida Qadimiylikka, chunonchi Qadimgi sharq va qisman qadimgi “Bibliya” ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo`lgan. Epigrafika fani dastlab Italiya, Yunoniston, SHimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltin, Yunon, etrusk, qadimgi yaxudiy, finikiya puni yodgorliklarigagina ega edi. XIX asrning o`rtalaridan epigrafika ayniqsa tez rivojlana boshladi. Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan avvalgi XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan Yunon tilidagi yoo`zvlar Livan, Suriya, Karfagen, O`rta er dengizi orolaridai Italiya, Frantsiya, ispaniya va SHimoliy Afrikadan topilgan finikiya puni shuningdek qadimgi Yozuvlari, miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan topilgan qadimgi Misr petroglifik Yozuvlari, miloddan avvalgi VI asrdagi janubiy va shimoliy arab Yozuvlari, Tigr va Evfat daryolari oraligi va Old Osiyoning qadimgi xududlaridagi miloddan avvalgi 3 ming yillikka oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o`rnatilishidan Artakserks III podsholigi (mil.avv. 358-338y) gacha bo`lgan dvrdagi koyalar, saroy dvorlari, va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi eron mixxatlari, Slayan, Gruzin, Arman,Qadimgi Turkiy, Xitoy, osiyo shuningdek O`rta Osiyo va boshqa xududlardan topilgan ko`plab yozma yodgoorlilar (bitiklar) topib urganildi. Epigrafikaning tarakkiyoti tufayli qadimgi xalqlarning, ibtidoiy. Ijtimoiy-siyosiy mddy madaniyati diniy mazxabi va umumiy tarixi haqida gi qimmatli ma`lumotlarni to`plash ikoni yaratildi va tuplandi.


Harf shakllarining o`zarishi ilmiy jixatdan o`rganish orqali arxeologik yodgorliklarning kaysi davrga mansubligi,qadimgi Yozuvlarning rivojlanish darajasi aniqlandi. Enisey (Ensoy) dayorsi xavzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R. siyosiy) dan topilgan Urxun-Enisey Yozuvlar fanga ko`pgina qimmatli ma`lumotlarni to`plash imkonini berdi. YUmshoq buyumga yozilgan Yozuv qo`lyozma xisoblanadi.
Epigrafika fani qattiq buyumlarga yozilgan Yozuvlarni o`rganadi. Qo`lyozmalarni esa poligrafiya fani o`rganadi.
Qadimgi davrda qog`oz taqchil bo`lgan paytda qattiq materiallardan Yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin bu yumshoq materiallar vaqt o`tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o`rganishda asosiy manbaa bo`lib epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling