Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari
Epigrafika faniga kirish, fanning predmeti
Download 83.5 Kb.
|
EPIGRAFIKA ASOSLARI
2. Epigrafika faniga kirish, fanning predmeti
Epigrafika Yunoncha epi va grafika so`zlaridan olingan bo`lib, “buyumga yozilgan” degan ma`noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga biilgan qadimgi va o`rta asr Yozuvlarini urganuvchi fandir. Uyg`onish davrida Qadimiylikka, chunonchi Qadimgi sharq va qisman qadimgi “Bibliya” ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo`lgan. Epigrafika fani dastlab Italiya, Yunoniston, SHimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltin, Yunon, etrusk, qadimgi yaxudiy, finikiya puni yodgorliklarigagina ega edi. XIX asrning o`rtalaridan epigrafika ayniqsa tez rivojlana boshladi. Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan avvalgi XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan Yunon tilidagi yoo`zvlar Livan, Suriya, Karfagen, O`rta er dengizi orolaridai Italiya, Frantsiya, ispaniya va SHimoliy Afrikadan topilgan finikiya puni shuningdek qadimgi Yozuvlari, miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan topilgan qadimgi Misr petroglifik Yozuvlari, miloddan avvalgi VI asrdagi janubiy va shimoliy arab Yozuvlari, Tigr va Evfat daryolari oraligi va Old Osiyoning qadimgi xududlaridagi miloddan avvalgi 3 ming yillikka oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o`rnatilishidan Artakserks III podsholigi (mil.avv. 358-338y) gacha bo`lgan dvrdagi koyalar, saroy dvorlari, va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi eron mixxatlari, Slayan, Gruzin, Arman,Qadimgi Turkiy, Xitoy, osiyo shuningdek O`rta Osiyo va boshqa xududlardan topilgan ko`plab yozma yodgoorlilar (bitiklar) topib urganildi. Epigrafikaning tarakkiyoti tufayli qadimgi xalqlarning, ibtidoiy. Ijtimoiy-siyosiy mddy madaniyati diniy mazxabi va umumiy tarixi haqida gi qimmatli ma`lumotlarni to`plash ikoni yaratildi va tuplandi. Harf shakllarining o`zarishi ilmiy jixatdan o`rganish orqali arxeologik yodgorliklarning kaysi davrga mansubligi,qadimgi Yozuvlarning rivojlanish darajasi aniqlandi. Enisey (Ensoy) dayorsi xavzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R. siyosiy) dan topilgan Urxun-Enisey Yozuvlar fanga ko`pgina qimmatli ma`lumotlarni to`plash imkonini berdi. YUmshoq buyumga yozilgan Yozuv qo`lyozma xisoblanadi. Epigrafika fani qattiq buyumlarga yozilgan Yozuvlarni o`rganadi. Qo`lyozmalarni esa poligrafiya fani o`rganadi. Qadimgi davrda qog`oz taqchil bo`lgan paytda qattiq materiallardan Yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin bu yumshoq materiallar vaqt o`tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o`rganishda asosiy manbaa bo`lib epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi. Download 83.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling