Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari


Download 83.5 Kb.
bet5/6
Sana22.04.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1381140
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EPIGRAFIKA ASOSLARI

5. Turkiy epigrafika

O'rta Osiyoda Qoraxoniylar davriga kelib yirik zodagonlar oilasida qimmatbaho sirlanga sopol buyumlariga yaxshi istaklar yozish odat tusiga kirdi. Podsholar, amirlar va ulamolar oilasida chiroyli sirlangan sopol buyumlardan foydalanish boshlandi. Bunday buyumlarga juda mahoratli xattotlar tomonidan yozilib uning ko'rinishi alif, lom harflarining yuqorisi gullab turgan shaklda berilgan. Bunday idishlardagi yozuvlar;


- Egasi doimo salomat bo'lsin!
- Baxtu-saodatlik bo'lsin!
- Ko'paysin, serob bo'lsin!
- Ushbu uyda baxt bo'lsin!
- Xosil mo'l bo'lsin! kabi isitaklar bor
Samarqand sirlangan idishlari VIII - asrlardayoq bezak sifatida gullik kufiy xatidan foydalanganlar. Ammo bu idish-tovoqlar juda qimmat bo'lib, uni oddiy mehnatkash xalq sotib ololmas edi. Smarqanda VIII-X asrlardayoq sirli idishlarni ko'plab buyurtma uchun ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan edi. IX-XII asrlarga kelib Choch (Shosh) viloyatida sirlangan sopol buyumlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan edi.
Bunday buyumlar tashqi ko'rinishidan juda chiroylik va yupqa bo'lib, uning yuzasida insonga eng yaxshi isitaklarini izhor qilingan likoplar, tovoqlar, ko'zachalar va boshqa lagan, tog'ora kabi katta sirlangan sopolni idishlar ham boshlangan edi.
Qadimgi chochlik kulollarning mahorati yildan-yilga ortib bordi. Ayniqsa bu sirlangan sopol buyumlar yuzasiga yozilgan chiroylik gullik kufiy xat bilan Arab tilda istaklar bitilgan bo'lardi. Ammo bu buyumlar alohida kishilar buyurtmasi bilan bajarilgan, chunki bu buyumlar juda qimmat bo'lgan.


Xulosa

Epigrafika fani o'z o'rganish ob'ekti sifatida dahmalar, sandiqsimon marmar qabrtoshi yuzasidagi Arab yozuvlari bo'lgan yodgorliklar. Tik o'rnatilgan marmar, nefrit va qumtosh yuzasiga yozilgan hatlar epigrafik yodgorliklari. Bunday yozuvlar nihoyatda mahorat bilan ko'fiy hati bilan yozilgan hatlardir. Ular o'zlarida ko'pgina axborotlarni asosan marmar yuzasiga yozilgan yozuvlarni tashkil qiladi. Dahma yozuvlari esa ko'pincha odatiy Quron suralaridan ko'chirmalar bo'ladi. Ular juda chiroylik ko'fiy farqli yozuvda bo'ladi.


Bunday yozuvlarni o'rganuvchi mutaxasis Arab yozuvining barcha turlarini yaxshi bilishi zarur bo'ladi. Epigrafik matnlarning turli - tumanligi uning tadqiqot ob'ekti shu yozuvlardagi axborot qimmatlik hisoblanadi. Ularni saralab, tanlab olinib o'rganiladi. Alohida epigrafik yodgorliklar turiga sovg'a buyumlardagi yozuvlar, patnis, likopcha, lagan, chinni, piyolalardagi yozuvlari. Turli xildagi matolarga tikib yozilgan, o'rib yozilgan, bo'yoqlar bilan yozilgan yaxshi istaklar, rushinolik, seroblik va salomatlik so'zlari yozilgan eng qadimgi tovoqlardagi ko'fiy yozuvlar eng noyob epigrafik yodgorliklar hisoblanadi.
Bunday yozuvlar Toshkent, Samarqand, Koson, uzgand shaharlaridagi olib borilgan qidiruvlar natijasida topilgan. Ulardagi yozuvlarni o'qiy olish moslamasiga ega bo'lgan mutaxasislargina bu kufiy yozuvlar bilan ish olib boraoladilar xols. Ko'pchilik esa ularni o'qiy olmaydilar.

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling