Paleografiya va epigrafika fanining predmeti,maqsad va vazifalari


Epigrafika fani maqsad va vazifalari


Download 83.5 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1381140
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EPIGRAFIKA ASOSLARI

3.Epigrafika fani maqsad va vazifalari
Epigrafika tarix fanining bir tarmog'idir. Bu fan predmeti tosh plitalar, qoyalar, marmar taxtachalar yuzasiga yozilgan qadimgi xatlarni o'rganadi. Epigrafika tarix fanini bir qismi sifatida bo'lib, u ham manbalarni o'rganadi. Uning manbai sifatida qattiq yuzaga yozilgan turlituman hatlari hisoblanadi.
Epigrafika yodgorliklari turli xildagi yuzalarga yozilgan qadimgi hatlar bo'lib, ularda turlicha mazmunga ega bo'lgan habarlar yozilgan bo'ladi. Epigrafika fanining maqsadi talabalarga o'rganilayotgan predmetni yaxshi bayon qilishdir. Epigrafika kurs vazifasi talabalarga epigrafik yodgorliklarning turli-tumanligini, ularda har-xil axborotlar borligini tushuntirib qo'yishdir.
Epigrafika boshqa tarixshunoslik fanlari kabi matn o'rganishi bilan poleografiya faniga yaqinlashib boradi. Ammo epigrafika qattiq yuzalarga yozilgan yodgorlik yozuvlari, tarixiy sanalar, biografik ma'lumotlarni o'rganishi bilan ajralib turadi.
Epigrafika yodgorliklar va ularni turlari ancha ko'p bo'lib, ular tashqi ko'rinishi, shakli, turli xildagi qattiq yuzaga yozilganligi bilan ajralib turadi. Ular asosan marmar, tosh, metall, sopol va yog'och taxtachalarga, qimmat baho toshlar; qahrabo, nefrit, lazurit, bronza va boshqa mavjud bromlar, taqinchoqlar yuzasiga yozilgan holda jumlalar yoki sonlardan iborat bo'ladi. Bulardan tashqari ma'moriy-epigrafik yodgorliklar xam mavjud: ular daxmalar, qabr toshlar, lavhalar va qayroq toshlardan iborat qattiq yuzalarga yozilgan hatlardir.
Epigrafikada ayniqsa qadimiy kitoblarni bezashda / kolodon/, sarlavxalar, kirish so'zlarida bizga kerak bo'lgan ma'lumotlar bo'ladi. Yana bir turdagi epigrafik yodgorliklar arxeologik va me'moriy yodgorliklardagi yozuvi bor bromlar, me'moriy parchalar xam uchraydi. Epigrafik yodgorliklardagi yozuvlar turi xam, juda xilma-xil bo'ladi. Ayirimlari bo'rtib turadi. Ba'zilari esa o'yib yozilgan bo'ladi. Ayiniqsa olmos, nefrit, lochuvord, qahrabo yuzasidagi yozuvlarni eslash o'zi kifoya. Dahmalardan yozuvlar aloxida epigrafik yodgorliklar hisoblanadi.

Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling