Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler” Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z. M. 6- tema. Pul aylanısı hám onıń dúzilisi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1400664
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 т кк ПКБ кк пр

Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler” 
Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z.M.
Davlatning pul aylanishiga koʼplab omillar taʼsir koʼrsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli 
belgilar boʼyicha belgilanadi: 
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd 
pullik pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega 
boʼladi; 
2) ushbu pul aylanishi xizmat koʼrsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu yerda pul-hisob-
kitob aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul- moliya aylanishi ajratib koʼrsatiladi; 
3) pul mablagʼlarining harakati yuz beradigan subʼektlarga qarab. Barcha omillarni siyosiy, 
iqtisodiy va texnik omillarga ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini 
shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy ahamiyatga va bevosita taʼsir kuchiga ega boʼladi. 
Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar 
aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud pul aylanishi miqdorlarini vujudga 
keladigan ehtiyojlarga muvofiq oʼzgartirishga yoki pul aylanishining mavjud hajmlarini tovar 
aylanishining 
real 
ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat iqtisodiy uslublar vositasida 
pul aylanishi hajmiga taʼsir koʼrsatadigan ushbu omillar orqali taʼsir qilish mumkin. 
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bogʼliq boʼlgan va 
iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablagʼlari miqdoridagi oʼzgarishlar siyosiy 
omillar hisoblanadi. 
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita taʼsir koʼrsatadi, lekin 
shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni 
oʼtkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning oʼzini amalga 
oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu shu bilan 
bogʼliqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining 
soni qanchalik koʼp boʼlsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur boʼlgan pul 
mablagʼlarining miqdori shunchalik kam boʼladi. Аmalda pul massasi muomalasining tezligi 
daromad muomalasining tezligini koʼrsatadi. 
Tijorat banki oʼz mijozlariga turli xildagi xizmatlarni koʼrsatadi. Lekin baribir, agar har 
qanday tijorat banki oʼz mijoziga ochmoqchi boʼlgan aniq hisobvaraqlar haqida gapiriladigan 
boʼlsa, unda variantlar roʼyxati keskin kamayadi. Barcha bank hisobvaraqlari besh tipga: 
muddatli yoki depozitlar, talab qilib olinadigan hisobvaraqlar va yuridik shaxslarning maxsus 
tijorat hisobvaraqlariga boʼlinadi. Yuridik shaxslarning maxsus tijorat hisobvaraqlari talab qilib 
olinadigan hisobvaraqlar shaklida va ushbu hisobvaraq boʼyicha hisob-kitoblarning maxsus 
shartlariga ega hisobvaraq shaklida ham boʼlishi mumkin. Lekin baribir, hisobvaraqlarning 
asosiy koʼpchiligi depozitlar yoki talab qilib olinadigan hisobvaraqlardan iborat. 
Mazkur bankda aniq muddat davomida, muayyan foiz bilan tutib turiladigan va ushbu 
hisobvaraqdagi mablagʼlardan foydalanish yuzasidan cheklanishlar amal qiladigan 
hisobvaraqlar depozitlar deyiladi. Odatda, ushbu hisobvaraqning bankda saqlanishi yuzasidan 
taxmin qilinayotgan muddatga qarab bu omonat turi boʼyicha foizli stavka miqdori belgilanadi. 
Biroq amalda hamisha ham shunday boʼlavermaydi. Koʼpincha banklar muddatga mutanosib 
ravishda oshib boradigan foizlarni belgilashadi. Shunday qilib, omonatlar turlari orasidagi 
tafovut yoʼqoladi, chunki mijoz ayni bir xildagi muddat uchun foiz sifatida bir xil miqdordagi 
daromadni oladi. Talab qilib olinadigan hisobvaraqlar bilan depozitlar orasidagi farqning 
maʼnosi ushbu hisobvaraqda qoʼyilgan pul mablagʼlaridan foydalanish imkoniyatidan 
iboratdir. 
Bank bilan pul mablagʼlarini joylashtirish uchun shartnoma tuzilishida bankning va 
omonatchining 
huquqlari 
va 
majburiyatlarini 
tasdiqlaydigan 
bir 
qator 
hujjatlar 
rasmiylashtiriladi. Bank hisobvaragʼiga doir bunday shartnomada kontragentlarning toʼliq 
nomlari va ushbu bitimning barcha shartlari yozib qoʼyiladi. Bunday shartlarga: omonatni 
saqlash muddatlari, foizlarni hisoblash va foydalanish shartlari, mazkur shartnomaning amal 
qilish muddatlarini oʼzgartirish yoki uzaytirish mumkinligi kiradi. 
Naqd pulsiz hisob- kitoblar shakllari deganda ushbu toʼlovni amalga oshirishning mavjud 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling