Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler” Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z. M. 6- tema. Pul aylanısı hám onıń dúzilisi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1400664
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 т кк ПКБ кк пр

Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler” 
Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z.M.
usullari va uni amalga oshirishda qoʼllaniladigan vositalar turkumi tushuniladi. Iqtisodiy 
kontragentlar oʼrtasidagi naqd pulsiz hisob- kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari 
quyidagilardan iborat: 
1) 
inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar; 
2) 
akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 
3) 
boʼnak toʼlovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 
4) 
ochilgan hisobvaraq boʼyicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 
5) 
veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. 
Chek, vekselь, bank trattasi va pul oʼtkazmasi naqd pulsiz toʼlovlarni amalga 
oshirishning asosiy vositalaridir. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni oʼtkazish variantlaridan biri – toʼlov topshiriqnomalari 
orqali hisob-kitob qilish hisoblanadi. 
Toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblar – naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli boʼlib, bunda 
toʼlovchi unga xizmat koʼrsatadigan bank muassasasiga oʼzining hisobvaragʼidan mablagʼlarni 
oluvchining 
hisobvaragʼiga muayyan summani oʼtkazish haqidagi topshiriqni oʼz ichiga oladigan hisob-
kitob hujjatini taqdim qiladi. Toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblar haqidagi asosiy 
qoidalar quyidagichadir: 
1) toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblarda bank toʼlovchining topshiriqnomasi 
boʼyicha hisobvaraqda turgan mablagʼlar hisobiga toʼlovchi koʼrsatgan shaxsning ushbu yoki 
boshqa bankdagi hisobvaragʼiga qonunda koʼrsatilgan muddatda yoki mabodo bank 
hisobvaragʼiga doir shartnomaga binoan yoxud bank amaliyotida qoʼllaniladigan amaliy 
aylanish odatlariga koʼra birmuncha qisqa muddat nazarda tutilmagan boʼlsa qonunga koʼra 
belgilangan muddatlarda muayyan pul summasini oʼtkazish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi; 
2) ushbu paragraf qoidalari, mabodo qonunga koʼra yoki qonunga binoan belgilangan 
bank qoidalariga muvofiq boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa yoki munosabatlar 
mohiyatidan boshqacha qoida kelib chiqmasa, pul mablagʼlarini ushbu bankda hisobvaraqqa 
ega boʼlmagan shaxsning bu bank orqali oʼtkazishi bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan 
qoʼllaniladi; 
3) toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonun bilan yoki 
qonunga binoan belgilangan bank qoidalariga va bank amaliyotida qoʼllaniladigan amaliy 
aylanish odatlariga koʼra tartibga solinadi. 
Bu oʼrinda shuni qayd qilish kerakki, bu toʼlovni amalga oshirish muddatlarini 
belgilaydigan normalar turli mamlakatlarda qaror topgan anʼanalarga muvofiq turlicha boʼlishi 
mumkinki, bu xorijlik kontragentga toʼlovni amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Toʼlov talabnomalari-topshiriqnomalari yordamidagi hisob- kitob iqtisodiy kontragentlar 
oʼrtasidagi naqd pulsiz hisob- kitoblarning yana bir uslubi hisoblanadi. Ushbu hisob-kitob 
shakli kamida uchta subʼekt: yetkazib beruvchi, xaridor va ushbu subʼektlar oʼrtasidagi hisob-
kitobni amalga oshiradigan bankning mavjud boʼlishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, agar 
korxonalar turli banklarning xizmatlaridan foydalanadigan boʼlsa yoki hududiy jihatdan turli 
mamlakatlarda joylashgan boʼlsa, unda subʼektlar-bitim qatnashchilari soni pul mablagʼlarini 
yetkazib beruvchining bankiga yetkazish uchun zarur banklar soniga koʼpayadi. 
Hisob-kitoblarning bu shakli shuni nazarda tutadiki, bank bitim qatnashchilari oʼrtasidagi 
shartlarning barcha jihatlari koʼrsatilgan hujjatlarga ega boʼladi. Shunday qilib, korxonalar 
bankka oddiy topshiriqnomani berishdagi kabi haq toʼlash muddatlarini tanlashda unchalik 
erkin boʼlishmaydi. Bunday holda bitimga doir muayyan kafolat afzallik hisoblanadi, chunki 
bank odatda ushbu bitimning imkoniyatlarini tekshiradi va toʼlovni eng qulay tarzda amalga 
oshiradi: yetkazib beruvchi bilan toʼlovchi oʼrtasidagi rasmiylashtirilgan shartnomaga binoan 
naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli – toʼlov talabnomalari-topshiriqnomalarini rasmiylashtiradi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling