Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
Mollyuskalar (Mollusca) tipiga
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
Mollyuskalar (Mollusca) tipiga 130 mingdan ortiq tur kirib, 7 ta sinfga bo'linadi. Mollyuskalar orasida ham ayrim turlari parazitlik qilib xayot kechiradi. Ular asosan ikki pallali (Bivalvia) va qorinoyolilar (Gastropoda) sinflari ichida uchraydi. Qorinoyoqlilar sinfining ayrim vakillari xar xil parazit chuvalchanglarning, birinchi navbatda so'rg’ichlilar sinfi vakillarining oraliq xo'jayinlari hisoblanadi. Shuningdek, ayrim tur tasmasimon chuvalchanglar va nematodalarning rivojlanish siklida ham qorinoyoqli mollyuskalar vakillari qatnashadi. Ikki pallali mollyuskalardan chuchuk suv marvariddorlari (Margaritifera) va tishsizlarning (Anodonta) lichinkalari baliqlarda parazitlik qilib yashaydi. Tishsizlar ayrim jinsli bo'lib, tashqi ko'rinishidan erkagi urg’ochisidan farq qilmaydi. Urg’ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jabra varaqchalari oralig’iga qo'yadi. Erkaklarining spermatozoidlari esa suvga chiqariladi va kirish sifonlari orqali urg’ochisining tanasiga kiradi. Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug’lanib, bir necha kundan keyin ulardan gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi. Lichinkaning ikki pallali chig’anoqlarini qirralari tishchali bo'ladi. Bunday lichinkalar erta baxorda ona organizmidan suvga chiqadi va biroz harakatlanib, keyin chig’anoqlarini tishchalari va yopishqoq bissus ipchalari yordamida turli baliqlarning jabrasiga va suzgich qanotlariga ilashib, parazit holda xayot kechira boshlaydi. Natijada zararlangan baliqlar tanasida shishlar paydo bo'ladi. Terisining ostida gloxidiylar bir-ikki oy davomida parazitlik qilib rivojlanadi va asta-sekin kichik baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik baliqning terisini yorib, suv tubiga cho'kib mustaqil hayot kechiradi. Gloxidiylar ayniqsa baliqlarning jabra to'qimalarida parazitlik qilib, ularning nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada ko'plab baliqlar nobud bo'ladi. Qorinoyoqli mollyuskalar ichida xam ayrim turlari ninaterililar tipi vakillarida parazitlik qiladi. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi ichida parazitlari asosan oldjabrali qorinoyoqli mollyuskalar kenja sinfi vakillari hisoblanadi
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling