Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfining
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfining turlari unchalik ko’p emas. Ular baliqlar va sudralib yuruvchilardan toshbaqalarning tana bo’shlig’ida parazitlik
qiladi. Sestodasimonlarning tuzilishidagi ayrim belgilari tasmasimon chuvalchanglarga o’xshaydi, ya’ni ularning ham xazm qilish organlar sistemasi bo’lmaydi. Lekin, farq qiladigan belgilari ham ko’p. Sestodasimonlarning lichinkasi-likofora deyiladi va ularda 6 ta emas balki 10 ta embrional ilmoqlari bo’ladi. Sestodasimonlarning tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan. Jinsiy apparati markazlashgan, bitta bo’ladi. Ular germafrodit bo’lib, urug’donlari ko’p, bitta ikki bo’lakli tuxumdoni bor. Sariqdonlari rivojlangan, bachadoni aloxida teshik bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan. Tanasi bargsimon yoki kamarga o’xshash, uzunligi 2-38 sm atrofida bo’ladi. yopishuvchi organlari bo’lmaydi. Rivojlanishi xo’jayin almashtirish yo’li bilan boradi. Oraliq xo’jayinlari qisqichbaqasimonlardan yonlab suzarlar (Amphipoda) va ayrioyoqlar (Mysidacea) turkumlari vakillari hisoblanadi. Likofora lichinkasi ushbu qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig’iga kirib, o’zgarishlarga uchraydi va morfologik jixatdan jinsiy voyaga etgan shaklga yaqin bo’lgan lichinkalik davriga aylanadi. Oraliq xo’jayin orqali asosiy xo’jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo’jayin tana bo’shlig’iga o’tadi va o’sib voyaga etadi. MDX mamlakatlarida osyotrsimon baliqlarda parazitlik qiladigan sestodasimonlarning tipik vakili amfilina (Amphilina foliacea) keng tarqalgan. Amfilinaning tanasi bargsimon, uzunligi 5 sm. Voyaga etgani ichakda emas, balki xo’jayinning tana bo’shlig’ida parazitlik qiladi va osyotrsimon baliqlarga katta zarar etkazadi. Umuman, amfilinalarning 8 ta turi va 6 ta avlodi bor. Sestodasimonlar sinfiga yana girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi ham kirib, ular asosan qadimgi akulasimon baliqlardan ximerasimonlarning ichagida parazitlik qiladi. Yassi tanasining keyingi qismida yopishish diski, oldingi qismida esa kichikroq so’rg’ichi 55
bo’ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Girokotilidlar monogeniyalar bilan tasmasimon chuvalchanglar sinflari tuzilishi belgilarini o’zida mujassamlashtirgan oraliq hayvonlar hisoblanadi. Bu turkumning 10 ta turi va 3 ta avlodi bor. Tanasining uzunligi 2-3 sm dan 20 sm gacha boradi. Xo’jayin almashtirmaydi. Butun hayotiy jarayonlari bitta xo’jayinda o’tadi. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling