Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argaz kanalari (Argasidae)
- Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes
Hyalomma plumbeum gavdasi birmuncha katta bo’ladi, ikki xo’jayinli kana. Urg’ochilari 10-16 mingtagacha tuxum qo’yadi. Kananing imagolari qoramol, ot, eshak, qo’y, echki, buyvol, cho’chqa, it, tovuq, va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, ba’zan qoramollar va otlarni qonini so’radi.
Bu tur kanalar SHimoliy Kavkaz, qrim, Markaziy Osiyo respublikalarining dasht va chala dasht mintaqalaridagi butazor o’rmonlarida keng tarqalgan. Jinsiy voyaga etgan kanalar qoramollarga teylerioz, otlarga nutallioz va piroplazmoz qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi. Argaz kanalari (Argasidae) oilasining deyarli hamma vakillari parazitlik bilan hayot kechiradi. Argaz kanalarining tanasi yumshoq va cho’ziluvchan. Ularning dorzal va ventral qalqonlari bo’lmaydi. Tanasining yumshoqligi kananing tezda tortilib kichrayishi yoki katta bo’lishiga imkon beradi. Och kanalarning tanasi yassi, oval yoki ellips shaklida. Tanasining oldingi tomoni ancha tor va uchli bo’lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Ko’zlari yo’q. Imago va nimfalarida to’rt juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkaklari urg’ochilaridan birmuncha kichikroq. Bu kanalar molxona devorlarining yoriqlarida, ya’ni berk joylarda yashashi bilan iksod kanalardan ajralib turadi. Odam, turli sutemizuvchilar va qushlarga tashlanib, 2-5 minut qon so’radi. 1000 tagacha tuxum qo’yadi. Bir oy o’tgach, tuxumlaridan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar faol oziqlanadi va nimfaga aylanadi. Argaz kanalarda nimfa 3-5 marta tullab imagoga aylanadi. Argaz kanalari 20-25 yil yashab, 10-11 yil ochlikka bardosh berishi mumkin. Argaz kanalari ektoparazitlikdan tashqari odam va hayvonlarga har xil og’ir kasalliklarni ham yuqtiradi. Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kanasi (Argas persicus) va ornitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi. Persid kanasi asosan tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim xollarda esa o’rdak, g’oz, ot, qoramol, cho’chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Ornitodorus kanasi (Ornithodorus papillipes) tanasi uzunchoq, bo’limlarga bo’linmagan, yaxlit, to’q kul rang tusda. Urg’ochi kananing uzunligi 8-9 mm, eni 4-5 mm, erkagining uzunligi esa 4-5 mm, eni 2-3 mm keladi. Ornitodorus kanalari juftlashgandan so’ng yopiq joyga tuxum qo’yadi. Tuxumdan uch juft oyoqli lichinka 86
chiqadi. Nimfada to’rt juft oyog’i bo’ladi. Jinsiy teshigi bo’lmaydi. Ornitodorus kanasi rivojlanishi davrida 3-5 ta nimfa davrini o’taydi. U 20-25 yilgacha yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi. Ornitodorus kanasi issiq iqlimli mintaqalarda, Markaziy Osiyo respublikalarida, Eron va Xindistonda ko’proq uchraydi. Bu kana qaytalama tifni tarqatadi. Kanalar o’z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so’rganda, kasallik qo’zg’atuvchilarini o’ziga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab saqlanadi va kanalarning qo’ygan tuxumlariga o’tadi. Odamga bu kasallik kemiruvchilar yaqinida tunab qolganda yoki jayralar, ko’rshapalaklar yashaydigan g’orlarga borib qolganda kanalar talanishidan yuqishi mumkin. Ornitodorus kanalarining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan N.I. Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924 yilda N.I. Latishev kana orqali qaytalama tifni o’ziga yuqtiradi, natijada kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi. Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling