Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya
– mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar
Download 407.5 Kb.
|
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xasharotlar (Insecta)
- Parxo’rlar (Mallophaga)
- Bitlar (Anoplura)
- Gematopidlar (Heamatopidae
- Tikanli bitlar (Echinophthizidae
- Pedikulidlar (Pediculidae)
11 – mavzu. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlar
Mavzu rejasi: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xasharotlarning umumiy tasnifi. Patxo’rlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va ularning parrandachilik hamda chorvachilik xo’jaliklariga keltiradigan zarari. Bitlar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va ularning odam hamda chorva mollariga keltiradigan zarari. Odam va hayvonlarda uchrovchi parazit qandalalarning tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. Burgalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. Ikki qanotlilar turkumi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari. Xasharotlar (Insecta) sinfi vakillari er yuzida juda keng tarqalgan bo’lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan. Xasharotlar sinfi traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipiga kiradi. 89
Xasharotlar sinfiga 1,5 mln.dan ortiq tur kiradi. xasharotlar orasida odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi turlari ham ko’plab uchraydi. Xasharotlar orasida ayniqsa bitlar, burgalar, ko’pchilik ikki qanotlilar, qandalar turkumlari vakillari odam va maxsuldor hayvonlarda parazitlik qilib, har xil xavfli kasalliklarni qo’zg’atadi va tarqatadi. quyida ana shunday xasharotlar to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Parxo’rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz bo’lib, qushlarning va qisman sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo’rlarning tanasi bir oz yassilashgan, ko’zlari o’z navbatida reduksiyaga uchragan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo’g’imdan iborat bo’lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo’rlar o’zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo’rlarga o’xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o’xshab ketadi. Parxo’rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari xatto yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo’rlar soch, tuk, jun, pat va parlar orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari qopqoqchali bo’lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishtirib qo’yiladi. Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Lichinkalar o’z tuzilishiga ko’ra voyaga etganlariga o’xshab ketadi, faqat o’lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo’rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 xaftani o’z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan maxsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga yashaydi. Ular o’zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning maxsuldorligi kamayadi. It va mushuklarning parxo’rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi. Parxo’rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 yaqin turi sutemizuvchilarning, qolganlari esa qushlarning parazitlari hisoblanadi. Ulardan taxminan 400 ga yaqin turi MDX mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. Parxo’rlar turkumi o’z navbatida ikkita kenja turkumni va bir necha oilani o’z ichiga oladi. Xaqiqiy parxo’rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo’rini misol qilib olish mumkin. Pat va sochxo’rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo’ri va kaptar parxo’rini misol qilib keltirish mumkin. SHuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o’rdak parxo’ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan parxo’r turlarini ham ko’rsatish mumkin. Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo’rlarga qarshi kurash olib boriladi. Bitlar (Anoplura) turkumining vakillari faqat sutemizuvchilar sinfi vakillarida parazitlik qilib yashaydigan qon so’ruvchi ektoparazitlardir. Bitlarning 300 ga yaqin turlari bor. MDXda 40 ga yaqin turi uchraydi. Bitlarning tanasi dozoventral tomonga qarab yassilangan. Bosh qismida og’iz apparati, sezgi organlari joylashgan. Ko’zlari oddiy, ayrimlarida esa ko’zlari umuman bo’lmaydi. Bir juft 3-5 bo’g’imli kalta mo’ylovlari sezish a’zolari vazifasini bajaradi.
90
Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Bir juft maksillalar, gipofarinks va pastki lab uzun nina shaklida bo’lib, xartumchaning ichida joylashgan. Bit chaqqanda og’iz a’zolari xartumchadan tashqariga chiqib, terini jaroxatlaydi va qonni so’radi. So’lak bezlarining maxsuloti qon ivishiga qarshilik ko’rsatadi. Tananing ko’krak qismi bir-biriga qo’shilib ketgan uchta segmentdan tuzilgan bo’lib, uch juft yurish oyoqlariga ega. qanotlari bo’lmaydi. Oyoqlari tirnoqlari bilan tugaydi. Xasharotning jinsiga qarab oxirgi qorin segmentining shakli turlicha bo’ladi. Urg’ochi bit qornining oxirida o’roqqa o’xshagan bir juft o’simtasi bo’ladi. Jinsiy teshigi sakkizinchi qorin segmentida joylashgan. Erkaklarining jinsiy teshigi to’qqizinchi segmentda joylashgan. Demak, bitlarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi. Urug’lanishi ichki, rivojlanishi chala metamorfozli. Tuxumdan chiqqan lichinka uch marta tullab imagoga aylanadi. Bitlarning tuxumi sirka deyiladi. Bitlar ixtisoslashgan parazitlar hisoblanadi. Har bir tur hayvonning o’ziga xos biti bo’ladi. Bitlar turkumiga uchta oila kiradi: Gematopidlar (Heamatopidae) oilasi vakillarining ko’zi yo’q, tanasi tukchalar bilan qoplangan, faqat quruqlikdagi sutemizuvchilarda (primatlardan tashqari) parazitlik qiladi. Fil, cho’chqa, qoramol, quyon va bug’u bitlari shular jumlasiga kiradi. Bu bitlar parazitlik qilish bilan birga kuydirgi, cho’chqalarda o’lat kasalligini ham tarqatadi. Tikanli bitlar (Echinophthizidae) oilasiga faqat dengiz sutemizuvchilarida parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Ularning tanasi tikanchalarga o’xshagan tukchalar bilan qoplagan bo’ladi. Tyulenlar burun teshiklarining oldida tyulen biti parazitlik qiladi. Pedikulidlar (Pediculidae) oilasiga faqat odam va odamsimon maymunlarda parazitlik qiladigan bitlar kiradi. Odamda bitlarning uch turi yashaydi, ya’ni bosh biti, kiyim biti va qov biti uchraydi. Qov biti odam badanining tukli joylarida (qovda, qo’ltiq tagi junida, soqolda va xatto qosh hamda kipriklar orasida) uchraydi. qov biti boshqa bitlardan farq qiladi. Uning boshchasi aniq ko’rinib turadi. Ko’krak va qorin qismi bir-biridan aniq ajralmagan. Bitlar ichida eng kichigi (erkagi – 1 mm, urg’ochisi – 1,5 mm) hisoblanadi. qov biti 26 kungacha yashaydi. qov biti ftirioz kasalligini qo’zg’atadi. U o’zining yassi tanasi bilan odam terisiga maxkam yopishib oladi. Ular xartumini teriga sanchib bitta joyda qimirlamasdan uzoq vaqt davomida qon so’radi, chaqqan joyi tinimsiz kechayu-kunduz qichiydi va ko’karib qoladi. Uning so’lagi gemoglabinni parchalaydi, shuning uchun chaqqan joyi ko’karib qoladi. U jinsiy aloqa vaqtida, umumiy o’rin-ko’rpadan foydalanilganda, ichki kiyimlar orqali bir odamdan boshqa odamga o’tadi. qov biti kasallik tarqatish-tarqatmasligi isbotlanmagan. Aksincha, odamda yashaydigan bitlarning boshqa turlari – bosh biti va kiyim biti turli kasalliklarni tarqatuvchilar sifatida xavflidir.
Download 407.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling