Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


Se-se pashshalari (Glossidae


Download 407.5 Kb.
bet30/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Se-se pashshalari (Glossidae) oilasiga 20 ga yaqin tur kiradi. Ular tropik Afrikada tarqalgan bo’lib, afrika uyqu kasalligining qo’zg’atuvchilari - tripanosomalarni tarqatadi. Ularning kattaligi 6,5-14 mm bo’ladi. Urg’ochilari tirik tug’adi. Bor-yo’g’i bitta lichinka tug’adi. Hayoti davomida (3-6 oyda) urg’ochisi 6-12 tagacha lichinka tug’adi. Se-se pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi bilan tuproqqa tushadi va tezda tuproq ichiga kirib g’umbaklik davriga o’tadi. 3-4 xaftadan keyin jinsiy voyaga etgan pashshaga aylanadi. Ular asosan yovvoyi va uy hayvonlarining, shuningdek odamlarning qoni bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga Glossina palpalis va Glossina morsitans kiradi.


Glossina palpalis asosan Afrika qit’asining g’arbiy mamlakatlarida tarqalgan. Uzunligi 1 smdan katta. Odamlarning uylariga yaqin bo’lgan daryo va ko’llar qirg’oqlarida yashaydi. Asosan odam qoni bilan oziqlanadi. SHuning uchun ham odam tripanosomoz kasalligini tarqatuvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Se-se pashshalari tanasida tripanosomalar 2-3 oy tirik xolda saqlanishi mumkin.
Glossina morsitans turining xajmi 1 smdan kichik. Asosan Afrika o’rmonlarida yashaydi. Ko’proq yirik yovvoyi hayvonlarning (antiloplar, buyvollar, karkidonlar va bosh.) qoni bilan oziqlanadi. Odamga kamdan-kam xujum qiladi.

Tripanosomoz kasalligidan Afrikada har yili minglab odamlar o’ladi. Afrikada se-se pashshalariga qarshi ko’p yillardan beri turli pestisidlar qo’llanib kelinadi. Lekin bu ishlar ijobiy natijalar bermayapti. Aksincha pestisidlar bu erdagi flora va faunaga salbiy ta’sir qilmoqda.



Vol’fart pashshasi (Wohlfahrtia magnitica) taxin pashshalari oilasiga kiradi. U uy pashshasidan kattaroq bo’lib, gavdasining uzunligi 9-13 mm, rangi och kulrang. Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Boshida ikkita yirik murakkab ko’zi va bo’g’imli mo’ylovlari bor. Ko’kragida bir juft qanoti va jizillagichi joylashgan. Vol’fart pashshasi Janubiy Evropa va o’rta Osiyoda keng tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy qismlarida uchraydi.
Voyaga etgan vol’fart pashshasi dashtlarda dalalarda gullarning shirasi bilan oziqlanib yashaydi. Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka tug’adi, lichinkalarini hayvonlar terisining jaroxatlangan joyiga, shuningdek ko’z, burun, og’iz shilimshiq pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib o’tib ketadi. Lichinkasi juda yirik, yo’g’on, chuvalchangsimon shaklda. Lichinkalarning bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana shu tomoni bilan tana teshigiga va to’qimalariga kirib, tirik to’qimalar bilan oziqlanib, emira boshlaydi. Emirilish jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka yara va jaroxatni suyakkacha eb boradi. Bu jarayon qattiq og’riq xosil qilish bilan boradi. Ko’zlarning shikastlanishi ko’rlikka olib kelishi mumkin.

Lichinkalarning o’sishi va rivojlanishi xo’jayinning tirik to’qimalari hisobiga boradi, bunda ular 3-4 kun ichida lichinka davrini boshidan kechiradi. G’umbakka aylanishdan oldin lichinkalar erga tushadi va tuproqda g’umbakka aylanadi. Butun taraqqiyot davri 11-23 kun davom etadi. Vol’fart pashshasi yiliga 6 marta bo’g’in



103


berishi mumkin. Lichinkalari miaz kasalligini tarqatadi. Miaz og’ir kasallik bo’lib, vaqtida oldi olinmasa, ba’zan o’limga ham olib keladi. Vol’fart pashshasi lichinkalari odamlarga tushishi mumkin. Ular odamning yara joyiga, terisiga, ko’z va burniga tushganida to’qimalarini eb tuzalishi qiyin bo’lgan yaralar paydo qiladi.


Demak, odamlar va hayvonlar hayoti uchun vol’fart pashshasining o’zi emas, balki uning lichinkalari xavflidir.

Kurash choralari: vol’fart pashshasi lichinkalari yaradan qisqich bilan terib tashlanadi, yara xloroforli suv, xloroformli suv, xlorofos eritmasi bilan yuviladi. Uy hayvonlari yarasidagi lichinkalar qirtishlab olinadi, yara esa lizol, volfartol, kodoform, kseroform, kreolin bilan yuviladi.




Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling