Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni parazitologiya


Download 407.5 Kb.
bet25/32
Sana10.11.2023
Hajmi407.5 Kb.
#1764877
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
Parazitologiya fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Qichima (qo’tir) kanalar (Sarcoptidae) oilasi vakillari ko’zga ko’rinmaydigan, juda mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, qo’y, bug’u, qoramol, quyon, it, eshak, bo’ri, tulki va boshqalarning teri epidermisida parazitlik qilib yashaydi. Ular terini qattiq jaroxatlab, kuchli qichishni vujdga keltiradi.
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi boshko’krak va qorin qismlariga bo’linadi, lekin ular yaxlit bo’lib qo’shilib ketgan, tana shakli, yumaloq, yassi. Usti ko’ndalangiga ketgan yumshoq yo’lli xitin bilan qoplangan. Imago va nimfalarida to’rt juft oyoqlari bor, ularning shakli konussimon. So’rg’ichlari urg’ochi kananing birinchi va ikkinchi, erkagining esa birinchi, ikkinchi va uchinchi juft oyoqlarining panjasida bo’ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish organi yo’q, ko’zi ham bo’lmaydi. Kattaligi 0,2-0,5 mm ga boradi.

Qichima kanalar metamorfoz yo’l bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birinchi nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o’taydi. Erkak kana voyaga etgan urg’ochi kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg’ochi kana bilan qo’shiladi. Urg’ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum qo’yadi. Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta urg’ochi kana 20-50 tagacha tuxum qo’yadi.

SHunisi xarakterliki, teridagi yo’lakchalarining aksariyatini urg’ochi kanalar kovlaydi. Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera kislorodi bilan nafas olib turadi. Erkak kanalar urg’ochilari kovlagan tayyor yo’llari orqali harakat qiladi.

Qichima kanalarining rivojlanishi 2-3 xafta davom etadi. Kanalar juda tez ko’payadi. Ular 21 kungacha och yashay olishi mumkin.

Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, ya’ni qichima-qo’tir kasalligining manbai hisoblanadi. Kasallik sog’lom hayvonlarga yaylovda va ko’proq molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan buyumlar, yopqich, cho’tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o’tishi mumkin.

Qichima-qo’tir kanalarining juda ko’pchiligi odamda parazitlik qiladi.

SHundan eng ko’p tarqalgani Sarcoptes scabiei turi hisoblanadi.
Bu tur kana odamda uchraydigan qichima-qo’tir kasalligining qo’zg’atuvchisidir. Bu kana juda kichkina bo’lib, urg’ochisining uzunligi 0,2-0,5

87


mm, erkaginiki 0,2-0,3 mm keladi. Tanasi ovalsimon ko’rinishda, rangi xira oq, xitini ko’proq bo’lgan erlari bir oz jigar rangli. Ularning embrional rivojlanishi 2-4 kun davom etadi. Kananing tuxum qo’yishdan imagogacha bo’lgan rivojlanish davri 9-12 kun davom etadi. Voyaga etgan kana bir yarim oyga yaqin yashaydi.


Qichima-qo’tir kanalari teri epidermisining shox qavatida yashaydi. qo’tir kanalari terining nozik joylarida, ya’ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o’rtasida, qo’ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. qo’tir odamga ko’p azob berib, darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bundan tashqari, terining shikastlanishi va qichishidan turli mikroblarning organizmga kirishi uchun yo’l ochiladi.

Qichima kanalardan – Sarcoptes equi – ot va eshaklarda, Sarcoptes suis - cho’chqalarda, Sarcoptes caprae - echkida, Sarcoptes ovis - qo’yda, Sarcoptes bovis - qoramolda, Sarcoptes cameli - tuyada, Sarcoptes cani - itda va boshqa hayvonlarda ham parazitlik qiladigan turlari bor.

Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar tirnoq orasiga kiradi, odam bu kanalarni badanining boshqa joylariga yuqtiradi. Kasal odam bilan qo’l orqali ko’rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham yuqadi.

Qo’tir kasalligi kishilar o’rtasida sanitariya-gigiena, avvalo, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo’ladi.

Odam terisidagi yog’ bezlari va soch xaltasida xusinbuzar kanasi (Demodex folliculorum) parazitlik qiladi. Bu kananing ta’sirida ayrim odamlarning yuzida va terisining turli joylarida ba’zan bezlarning ko’payishi natijasida xusnbuzar toshib ketishiga sabab bo’ladi.

Gamaz kanalar (Gamasoidea) katta oilasi vakillari iksod va argaz kanalaridan farq qilib, juda mayda bo’ladi. Tanasi 0,2-2,5 mm kattalikda. Gamaz kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin yashaydiganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan, rangi sarg’ish va bir oz qo’ng’ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi organi vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi va oyoqlari uzun. Xeliserasi ingichka, uzun ignaga o’xshash, terini teshib, qon so’rishga moslashgan. Xaqiqiy tanasi oval shaklda, ba’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklari urg’ochilarga nisbatan ancha kichkina.
Gamaz kanalar tuxum qo’yib ko’payadi, ammo tirik tug’adiganlari ham bor. Tuxumdan chiqqan olti oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nimfaga va undan keyin imagoga aylanadi.

Gamaz kanalar tuproqda, o’rmon, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda yashaydi. Ularning xo’jayinlari xilma-xil hayvonlar: kemiruvchilar, xasharotxo’rlar, mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Gamaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan katta zarar ko’radi, oriqlab ketadi, kam tuxum qo’yadi, ayrim vaqtlarda xalok bo’ladi. har xil kasalliklarni qo’zg’atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir hujayrali hayvonlar, kanalar yoki xasharotlar orqali yuqadigan kasalliklar transmissiv deyiladi. Tabiatda transmissiv kasalliklarning tabiiy manbai mavjud. Lekin yovvoyi hayvonlar



88


organizmida odatda shunday kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo’lishi tufayli ularga kasallik katta ziyon etkazmaydi. Tabiiy manbaga tushib qolgan odam yoki uy hayvonlari bu kasalliklarni kanalar yoki xasharotlar orqali yuqtirishi mumkin. Transmissiv kasalliklarning oldini olish uchun kanalar va xasharotlardan saqlanish choralariga rioya qilish lozim.


Kanalarga qarshi kurash murakkab kompleks tadbirlardan iborat bo’lib, buning uchun birinchi navbatda, kanalar butunlay rivojlanish davrida mexanik usulda qirib tashlanadi. Mol terisiga yopishib turgan kanalar terib olib kuydirib yuboriladi. yopishib yotgan kanalarni terib olishdan oldin tanaga benzin, kerosin yoki boshqa yog’lar surtiladi.

Ma’lumki, kanalar mol boqiladigan binolarda, shuningdek yaylovlarda yashab ko’payadi. Kanalarga qarshi kurash uchun qo’riq erlarni o’zlashtirish, yaylov va eski qo’tanlar o’rniga har xil ekinlar ekish, begona o’tlarni yo’q qilish va boshqa agrotexnik hamda meliorativ tadbirlarni amalaga oshirish lozim. SHunday qilinganda kanalarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan bioekologik sharoit tubdan o’zgaradi.

Kanalarga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar – akarisidlar deyiladi.

Akarisidlardan ikki yo’nalishda foydalaniladi.


Birinchidan mollarning tanasidagi kanalarni yo’qotish uchun akarisid preparati mol badaniga purkaladi yoki surtiladi.

Ikkinchidan esa akarisidlar molxonalar, qo’tanlar va yaylovlarda uchraydigan kanalarni yo’qotishda ishlatiladi.

Kanalarga qarshi kurashda mollarni beton yoki temir-betonli maxsus vannalarda cho’miltirish samarali natija beradi. Bunda xlorofos, geksaxloranning kreolinli emul’siyasi va polixlopinen eritmalari ishlatiladi. Mol boqiladigan binolarga kanalarga qarshi dori sepib turiladi. Ayniqsa, devorlardagi tirqish va yoriqlarga ko’proq dori sepiladi, chunki bunday joylarda kanalar tez urchib ko’payadi.


Download 407.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling