Parazitologiya
KASALLIK QANDAY NAMOYoN BO`LADI?
Download 19.99 Kb.
|
Parazit kasalliklar amyobioz lyambioz
- Bu sahifa navigatsiya:
- XALQ TABOBATIDA GIJJALARDAN QUTULISh USULLARI
- Parazitizmni turli xil ko’rinishlari.
KASALLIK QANDAY NAMOYoN BO`LADI?
Gijjalarning xili, soni va qaysi organda parazitlik kilishiga qarab kasallik har xil kechadi. Parazitlar bilan zararlangan odamning vazni kamayadi, qorinda og`rik, ko`ngil aynishi, ich ketishi yoki bosh aylanishi, jizzakilik paydo buladi. Gijja ichakda bo`lsa – ich qotadi yoki ich ketishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Jigarda bo`lsa-ko`z oqi va badan sarg`ayadi, shish paydo bo`ladi, badanga har xil dog`lar tushishi mumkin. O`pkada bo`lsa- isitma chiqishi va yo`tal paydo bo`lishi mumkin. Shuningdek, odamning mehnat qobiliyati pasayadi, bolalarda rivojlanish orqada qoladi, yaxshi o`smaydi, xotira pasayadi, uyqusi notinch bo`ladi va hakozo. XALQ TABOBATIDA GIJJALARDAN QUTULISh USULLARI • 3 bo`lak sarimsoqpiyozli 1 piyola qaynatilgan iliq suv nahorga ichiladi — 3 kun. • Dastarbosh giyohi, bo`yimodaron, erman, qalampirmunchok aralashmasidan 1 osh qoshik olib, 1 litr qaynoq suvda damlaymiz. Har kuni ovqatdan oldin 3 mahal 1 piyoladan ichiladi — 3kun. • Oshqovok urug`ini maydalab 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal iste`mol qilinadi — 3 kun. • Yarim litr sutni 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz bilan qaynatib, 10 daqiqa tursin keyin sovutib iliq holatda kechqurun huqna (klizma) qiling. Davolash muddati 1 hafta. Parazitizmni turli xil ko’rinishlari. Parazitizm hayvonat olamida uchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir holat emas. U bir necha ko’rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub bo’lgan hayvonlarning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi: 1. Avtotrof organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar. Avtotrof organizmlar - anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladi. Bularga yashil o’simliklar kiradi. Geterotrof organizmlar esa tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilardir. O’z navbatida bularni o’simlikxo’r, hamaxo’r va hokazolarga bo’lish mumkin. Hamaxo’rlar o’z navbatida parazit, yirtqich va saprofitlarga bo’linadi. Parazitlarni esa odam, hayvon va o’simlik parazitlariga bo’lib o’rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi, ya’ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, birgalikda hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do'stlik va antogonistik munosabatlarda yashaydi. Download 19.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling