Parazitologiya


Download 19.99 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1129561
1   2   3   4
Bog'liq
Parazit kasalliklar amyobioz lyambioz

Amyobiaz, amyoba dizenteriyasi – yoʻgʻon ichakning yarali yalligʻlanishi bilan kechadigan protozoy kasallik, ichburugʻning bir turi. Dizenteriya amyo-basi qoʻzgʻatadi. Kasallikda bemorning tinkasi qurib, ishtahasi yoʻqoladi, qorni ogʻrib, ichi ketadi (bir kecha-kun-duzda 5–20 va undan koʻp), suyuq najasda shilliq moddalar va qon boʻladi. Ba’zan harorat koʻtariladi (39–40°), zaharlanish alomatlari (koʻngil aynishi, qusish), jigar va boshqa a’zolarda abssess roʻy beradi. Davo choralari koʻrilmasa yoki bilar-bilmas davo qilinsa, kasallik surunkali shaklga oʻtadi. A. bilan ogʻrigan bemor kasalxonada davolanadi. Me’da-ichak faoliyati buzilganda darhol vrachga murojaat etish lozim.
Lyamblioz (lambliosis) — lyambliyalar qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Odamlarda L.ni Lamblia intestinalis qoʻzgʻatadi. Lyambliyalarning harakatchan (vegetativ) va harakatlanmaydigan (sista) shakllari bor. Kasallik manbai lyambliyalar bilan zararlangan kishi hisoblanadi. Lyambliyalar sogʻlom odamning meʼda-ichak yoʻliga tushib, ingichka ichakda koʻpayadi va uning shilliq pardasini zararlaydi. Ular ingichka ichakdan yoʻgʻon ichakka oʻtib (bu yer ular uchun noqulay sharoit hisoblanadi), oʻz harakatini yoʻqotadi va sis-talarga aylanadi. Ular najas bilan tashqariga chiqadi. Lyambliya sistalari tashqi muhitda yaxshi saqlanadi. Kasallik lyambliya tushgan ovqat (ayniqsa, meva va sabzavotlar) isteʼmol qilinganda va suv ichilganda, shuningdek, kir qoʻl va roʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Turli geografik mintaqalarda katta yoshdagi axrli orasida 5—12% hollarda najasda sista topiladi. L. aksari bolalarda uchraydi. Klinik belgilari zararlangan aʼzoga qarab har xil boʻladi. Koʻproq ichak va oʻt yoʻllari zararlanadi. Baʼzan kasallik alomatlari roʻyrost koʻrinmay, enterit, xoletsistit va h.k. bilan birga kechishi ham mumkin. Tekshirish chogʻida najasdan lyambliyalarning sistasi, oʻt (safro)dan uning vegetativ shakllarini topish mumkin. L.ning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Davosi: kasallikning kechishiga qarab trixopol, furazolidon, aminaxinol va boshqa buyuriladi. Oʻzbekistonda L.ningturli jixatlari professor N. A. Dehqonxoʻjayeva tomonidan chuqur oʻrganilgan
Bezgak-qayta-qayta isitma xurujlari, kamqonlik, jigar va
taloqning jarohatlanishi bilan kechuvchi o‘tkir parazitar kasallikdir. 1920-1950-yillar davomida olib borilgan ulkan
ishlarning samarasi o‘laroq 60-yillarga kelib, bezgak kasalligining
endemik o‘choqlari, ko‘pchilik davlatlarda, shu jumladan
O‘zbekistonda ham tugatilgan edi.
Biroq, keyingi yillarda bezgakni Hindiston, Pokiston, Turkiya,
Eron, Iroq, Rossiya va ayniqsa Tojikiston va Afg‘oniston kabi
O‘zbekiston bilan keng va kundan-kunga ortib borayotgan aloqada
bo‘lgan davlatlar hududida keng tarqalayotganligi respublikamizda
ham katta epidemiologik xavf tug‘dirmoqda.
Binobarin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham bezgakning keng
tarqalishi, qaytatdan endemik o‘choqlar hosil bo‘lishi va eng
xavflisi, tropik bezgakni ham kirib kelishining real xavfi paydo
bo‘lib qoldi.
QAERDAN YuQADI?
Parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqishi mumkin. Masalan, askaridalar asosan qo`lini yaxshi yuvmaydigan bolalarda ko`p uchraydi. Ostrisalar esa odamga iflos qo`llar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda og`iz va burunga tushadigan chang orqali ham yuqishi mumkin. 

Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling