Parchinlash turlari, qo`lda parchinlash va parchinlash mexanizmlari


Download 67.5 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1146899
Bog'liq
Parchinlash turlari, qo`lda parchinlash va parchinlash mexanizmlari


Parchinlash turlari, qo`lda parchinlash va parchinlash mexanizmlari
Reja:



  1. Parchinlash to‘g‘risida tushuncha.

  2. Parchinlash asboblari.

  3. Dastani parchinlash.

  4. Kavsharlashning vazifasi va usullari

  5. Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlash.



Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash deb ataladi.
Parchinlash qo‘yidagi jarayonlardan iborat:
-parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
-teshiklardan parchin mix kallagiga moslab pax hosil qilish;
-yashirin kallaklar uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
-teshikka parchin mixlarni qo‘yish;
-parchin mixning biriktirilgan detaldan chikib turgan uchini pachoklab unga shakl berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi, qizdirish usuli maxsus sexlarda qo‘llaniladi.
Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm. gacha, uzunligi 2-180 mm. gacha), yarim yumaloq past kallakli (0,4-80 mm. gacha), yassi kallakli (0,2-36 mm, uzun­ligi 4-180 mm), yashirin kal­lakli (0,1-36 mm, uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (0,2-36 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor.
Parchin mixlar po‘lat (St2, StZ), mis (MZ, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM 5P, D18, AD1), zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi.
Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga ko‘ra, ular uchta - pishiq, zich va pishiq-zich xillarga bo‘linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab par­chinlash kerak. Bu usul balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruksiyalarni parchinlashda qo‘llaniladi.
Zich choklar germetik konstruksiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi. Konstruksiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi.
Pishiq choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa suyukliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ krzonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq zich choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.




12-rasm. Parchin mixlar



Qo‘l bilan parchinlashda kvadrat muxrli bolg‘a, tutib turgich, tortqi, siqqich, chekanlar ishlatiladi.
Tutib turgich parchinlashda tayanch vazifasini bajaradi. Uning shakl va o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning shakli, parchin mixning diametri hamda parchinlash usuliga qarab tanlanadi. Og‘irligi bolg‘acha og‘irligidan 3-5 marta ortiq bo‘lishi kerak.
Siqqich mixlarning uchlarida qalpoq shaklini hosil qilish uchun ishlatiladi. Uning bir uchi parchin mix qalpog‘i shaklidagi chuqurchaga ega.
Tortqi bir uchi teshik sumba shaklidagi chiviqdir. U parchinla­nadigan listlarni tortishga xizmat qiladi. Chekan ishchi sirti yassi bo‘lgan chilangarlik bolg‘asidir, u parchin chokning germetikligini ta’minlaydi.
Parchinlash turlari va usullari qo‘l bilan parchinlashning ikki turi bor: bir tomonlama va ikki tomonlama. Agar parchinlanadigan detalning orqa tomonida erkin harakat qilish imkoni bo‘lsa ikki tomonlama, aksincha bo‘lsa, bir tomonlama parchinlanadi. Shunga ko‘ra, parchinlashning ochiq, tug‘ri, berk va teskari usullari bor.
Kavsharlash-kavshar deb ataladigan oraliq metall yoki qotishma yordamida detal elementlarini ajralmas birikma xosil qilib biriktirish operatsiyasi. Slesarlik ishlarida yumshoq va qattiq kavsharlar ishlatiladi. Suyuqlanish temperaturasi 145° S gacha bo‘lgan, juda oson suyuklanadigan kavsharlar va suyuqlanish temperaturasi 450° S dan oshmaydigan, oson suyuqlanadigan kavsharlar yumshoq kavsharlarga kiradi.
Oddiy bo‘lib, ular uchun oddiy qizdirish manbalari kifoya. Bunday kavsharlash usuli sanoat va turmushda baklar, rezervuarlar, idishlarda germetik birikmalar hosil qilish, elektr hamda radio simlarni puxta ulash uchun keng qo‘llaniladi. qattiq yoki o‘rtacha suyuqlanuvchan kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 450-1100° S. Ular mustahkam (50 kg/mm2 gacha) chok hosil qiladi. Bunday chok yuqori temperaturalarga ham chidaydi.
Detallarning kavsharlab biriktirilgan joyi kavsharchok deb ataladi. Kavshar choklarning standartlashtirilgan xillari 136-rasmda ko‘rsatilgan. Detalni moysizlantirish uchun u benzinga, ishqorli issiq (70-80° temperaturali) eritmalarga yoki boshqa erituvchilarga botiriladi, keyin issiq va sovuq suvda yuviladi. Kavsharlanadigan sirt qanchalik yaxshi tayyorlansa, kavshar chok shunchalik sifatli chiqadi.
Biriktiriladigan elementlarni bir-biriga moslashda kavshar uchun bir oz zazor qoldiriladi. Zazor o‘lchami kavshar va kavsharlanadigan materialning xiliga bog‘liq bo‘lib, 0,02-0,5 mm ni tashkil etadi. Qiziganda sirtni oksidlanishdan saqlash va suyuq kavshar bilan qo‘llanilishini yaxshilash uchun chokka flyus qoplanadi.
So‘ngra kavshar va biriktiriladigan metallar kavshar suyuqlanguncha qizdiriladi. qizdirish uchun koviya va mikrokoviyalar, kavsharlash lampalaridan foydalaniladi.
Rux-qo‘rg‘oshinli kavsharlar (POS) zng ko‘p tarqalgan. Ular surmasiz, kamsurmali (0,2-0,5% surmali) va surmali (6 %gacha surmali) xillarga bo‘linadi. Surmasiz kavsharlarning POS90, POS61, POS40, POS10, POS61M, POSK50 -18 markalari bor. Markalaridagi xarflar: POS- rux-qo‘rg‘oshinli kavsharni, M-misni, K-kaliyni; sonlar: birinchi son ruxning protsentlardagi miqdorini, keyingi sonlar mis va kaliyning protsentlardagi miqdorini bildiradi (qolgani qo‘rg‘oshin).
Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlash uchun kislotali flyuslar: rux xlorid ZnCl2, ammoniy xlorid NH4C1 (navshadil) yoki ularning aralashmasi ishlatiladi. Rux xlorid uning bir ulush kukunini surning 3-4 og‘irlik ulushlarida yoki ruxni, xlorid kislotada eritib (200-300 g ruxga 1 kg kislota) olinadi.
Mis va mis qotishmalarini, po‘lat hamda cho‘yan buyumlarni kavsharlash uchun PMSZb, PMS48, PMS54 markali mis-ruxli kavsharlar (xarflar mis-ruxli kavshar ekanligini, sonlar misning protsentlardagi miqdorini bildiradi), shuningdek L63 markali la­tun ishlatiladi.
Kumushli kavsharlar - kumush, mis, rux va ba’zi boshqa elementlarning qotishmalari sifatlirok chok hosil qilishga imkon beradi. Ular bilan qora va rangli metallar hamda qotishmalarni kavsharlash mumkin.
Zanglamaydigan va o‘tga chidamli po‘lat, yuqori temperaturalar ta’sirida bo‘ladigan buyumlar nikelli kavsharlar - nikelning xrom va boshka elementlar bilan qotishmalari vositasida kavsharlanadi.
Qattiq qotishmalarni, zanglamaydigan po‘latni, o‘tga chidamli qotishmalarni mis-ruxli, mis-nikelli kavsharlar bilan kavsharlashda 50% suyuqlashtirilgan bor va 50% borat kislotadan iborat flyus ishlatiladi. Bular rux xlorid eritmasida suyultiriladi.
Xulosa
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash deb ataladi.
Parchinlash qo‘yidagi jarayonlardan iborat:
-parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
-teshiklardan parchin mix kallagiga moslab pax hosil qilish;
-yashirin kallaklar uchun zenkovkalash usuli bilan konus sirt yasash;
-teshikka parchin mixlarni qo‘yish;
-parchin mixning biriktirilgan detaldan chikib turgan uchini pachoklab unga shakl berish.
Parchinlash ikki usulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. Chilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi, qizdirish usuli maxsus sexlarda qo‘llaniladi.
Parchin mix kallakli metall chiviq bo‘lib, uning yarim yumaloq baland kallakli (chiviq diametri 1-36 mm. gacha, uzunligi 2-180 mm. gacha), yarim yumaloq past kallakli (0,4-80 mm. gacha), yassi kallakli (0,2-36 mm, uzun­ligi 4-180 mm), yashirin kal­lakli (0,1-36 mm, uzunligi 2-180 mm), yarim yashirin kallakli (0,2-36 mm, uzunligi 3-210 mm) turlari bor.
Parchin mixlar po‘lat (St2, StZ), mis (MZ, MT), jez (L63), alyumin qotishmalaridan (AM 5P, D18, AD1), zanglamaydigan (X18N9T) yoki legirlangan (09G2) po‘latdan yasaladi.
Detallarning parchin mixlar bilan birikkan joyi parchinlash choki deb ataladi. Parchin mixli birikmaning turi va qo‘llanilishiga ko‘ra, ular uchta - pishiq, zich va pishiq-zich xillarga bo‘linadi.
Pishiq choklarni mustahkam birikmalarda qo‘llaniladi. Mustahkamlikka erishish uchun buyumning bir necha joyidan qatorlab par­chinlash kerak. Bu usul balka, kolonna, ko‘prik va boshqa metall konstruksiyalarni parchinlashda qo‘llaniladi.
Zich choklar germetik konstruksiyalarda sovuq holda parchinlash usulida bajariladi. Konstruksiyada germetiklikni ta’minlash uchun turli-tuman qistirma materiallaridan (olif yoki surik shimdirilgan karton, gazlama) foydalaniladi.
Pishiq choklar yetarli darajada germetik bo‘ladi, suv, gaz va boshqa suyukliklarni o‘tkazmaydi. Bug‘ krzonlari, yuqori bosimli rezervuarlar pishiq zich choklarga ega. Bunday choklar maxsus parchinlash mashinalari yordamida qizdirish usuli bilan bajariladi.


Adabiyotlar

1.N.Makienko, A.Umronxujaev «Chilangarlik», Toshkent, «Mexnat», 2003 y.
2.J.Ramazov va boshqalar «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan amaliyot mashg‘ulotlari», o‘quv qo‘llanma, Toshkent, «O‘qituvchi», 1992 y.
3. E.I.Krupiskiy «Slesarlik ishi», Toshkent,«O‘qituvchi»,1989 y.
4.G.V.Kramarenko «Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko‘rsatish», Toshkent, «O‘zbekiston», 1998 y.
Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling